Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish


Download 66.12 Kb.
bet7/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

6-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
32. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son)
33. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
35. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti
36. Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
37. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
38. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling