Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida


Download 66.12 Kb.
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
2-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling