Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish


Download 66.12 Kb.
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
18. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
19. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
21. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi.
22. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
23. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
25. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
26. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi.
27. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlaydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
29. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
30. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
31. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling