Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


Download 66.12 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

Maktabgacha ta’limning maqsadi - bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
Mazkur ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘quvchilikka intilish hisi uyg‘otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga oilada, bolalar bog‘chasida, mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

  • bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

  • bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

  • bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

  • bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maksad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo’nalishlari xamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin hozirlaydi.




  1. Download 66.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling