Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


Download 66.12 Kb.
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

8-bob. YAkuniy qoidalar
39. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
40. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
41. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



  1. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA QONUN HUJJATLARI

Xalq xo‘jaligini ilmiy asosda rejalashtirish iqtisodiyotimizning asosi ekanligi.Respublika xalq xo‘jaligi rejasi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish belgilanadi. Makgabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat natijalariga ehtiyojni aks ettiruvchi va bolalarning o‘rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilidigan nazorat raqamlari, ko‘rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya normativlari orqali muassasani tutib turish va rivojlantirishga ajratilgan byudjet va tarmoq mablag‘lari maktabgacha ta’lim muassasalari byudjet hisobiga yoki shu bilan ta’minlashning tarmoq manbalari hisobiga tushirilishining davlat buyurtmasi:

    • pul bilan ta’minlashning byudjetga tarmoq normativi;

    • ish haqi jamg‘armasi normativi daromadlarini taqsimlashning birinchi usulidir;

    • ishlab chiqarish va sotsial rivojlanish jamg‘armasi normativi;

    • valyuta ajratmalari jamg‘armasi normativi, maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, mehnat intizomiga va pedagogik mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishga majburdir.

Rejalashtirish. Respublika Maktabgacha ta’limi Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisod instituti, Moliya, vazirligi, Sog‘liqni saqlash Vazirligi, Davlat standartlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ilmiylik prinsipida Xalq xo‘jaligi rejasiga asoslanib, Xalq ta’limini ilmiy nuqtai nazardan davlatimiz tomonidan ko‘rsatib berilgan qonun, qaror, direktiv yo‘l-yo‘riqlari asosida rejalashtirishdir.
Joylarning tashabbuslari bilan idora, jamoa tashkilotlari.
Maktabgacha muassasa erdan, suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, aholiga ijtimoiy sohasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni va maktabgacha ta’lim muassasasi huquqi doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa sohalari bo‘yicha o‘z rejasini xalq deputatlari soveti bilan muvofiqlashtiradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi byudjet yoki tarmoq moliya prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pul bilan ta’minlashning hisob birligi sifatidan o‘rtacha yillik hisobda bir bola olinadi. Byudjet yoki tarmoq moliya normativlari vazirlik va idoralar tomonidan o‘z tasarufidagi muassasalar uchun xalq ta’limi vazirligi, moliya vazirligi, Iqtisod instituti ishlab chiqqan metodik tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi qo‘shimcha pul mablag‘lari quyidagilardan shakllanadi.

  1. Bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat uchun moddiy harakterdagi tizimlar.

  2. Davlat, jamoat korxonalari va axoli buyurtmasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar.

  3. Bo‘sh to‘rgan yordamchi xonalar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar.

  4. Ixtiyoriy badallardan, davlat, jamoa korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan moddiy qiymatlar.

  5. Boshqa tizimlar.

Quyidagi jamg‘armalar shakllanadi:
a) ish haqi jamg‘armasi va sotsial rivojlanish;
b) ishlab chiqarish;
v) valyuta jamg‘armasi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi
vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan yagona siyosiy prinsiplarga amal qiladi. Bu byudjet, banklar, ta’minotchilar va boshqa kontraktlar, shuningdek, tasarrufida to‘rgan xalq ta’limi bo‘limlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oldidagi o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarilishi uchun ma’suldir.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling