Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


Download 66.12 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт

Kurs ishining maqsadi: Davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo’yicha Qonun hujjatlarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari.
1. Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Bo‘lajak tarbiyachilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish – muhim pedagogik muammo ekanligini asoslash.
3. Davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning pedagogik asoslarini o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon, Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo’lib o’tgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, mavzuga oid ilmiy­pedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishini tayyorlash jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabgacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 3 bo`lim, umumiy hulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

1. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari.
Xozirgi kunda jamiyatimizda fan, madaniyat va ma’rifatning rivojlanishi, ta’lim-tarbiya ishlarining bosqichma-bosqich olib borilishi murakkab ko‘p funksiyali ijtimoiy xodisa sifatida umum e’tiborli va ma’naviy qiziqishga molik jarayonga aylanadi. Ma’rifat soxasining umumiy maqsadi xuquqiy va demokratik davlat talabiga javob beruvchi kishilarni tarbiyalab berishdan iboratdir. Demak, madaniyat yordamida inson xayotiga, shaxs tarbiyasika, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatish mumkin. Madaniyat va ta’limning ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishning muhim omili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda madaniyat soxasidagi nazariy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati mustaqil demokratik jamiyat qurish jarayonining asosiy maqsadiga aylandi. Bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda murakkab muammolar qatorida madaniyat ham o‘ziga xos o‘rin tutadi, ya’ni, xalq ta’lim tizimini qayta qurish jarayonida pedagogik madaniyat muammosi yanada yorqin va aniq namoyon bo‘lmoqda. Tarbiyachilar tayyorlashning mazmuni kasbiy, amaliy, ruhiy, metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda pedagogik madaniyat bilan boyib bormoqda. Darxaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biriga aylandi. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik madaniyati muammolarini o‘rganish uchun, avvalom bor, bu tushunchaning mohiyatini va ijtimoiy-ma’naviy asoslarini aniqlash va uni takomillashtirish yo‘llarini bilish zarur.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling