60
DAVLAT BUDJETI
12- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Siz “maktab davlat budjeti hisobidan qurilgan”
degan gaplarni
eshitgansiz. Shuningdek,
kasalxona, oilaviy poliklinika “davlat budjeti
tomonidan moliyalashtiriladi” qabilidagi gaplar ham qulog‘ingizga
chalingandir.
1. Davlat budjeti haqida nimalarni bilasiz?
3. 3–6- rasmlarda tasvirlangan kishilar
faoliyati kim tomonidan va
nimaning evaziga moddiy ta’minlanadi, deb o‘ylaysiz?
4. O‘tgan darsda siz davlatning vazifalari bilan tanishdingiz. Davlat o‘z
vazifalarini bajarish uchun mablag‘ni qayerdan oladi?
3
5
2
1
4
6
http:eduportal.uz
61
Davlat budjeti davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari
rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjatdir.
Davlat budjetini tuzishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy
vazifalarni bajarish uchun moliyaviy asosni
shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqboldagi rejasini amalga oshirish,
aholi daromadlarini qayta ko‘rib chiqishdir.
Davlat budjeti daromad va
xarajat qismlaridan tashkil topadi.
Davlat budjetining daromad manbalariga quyidagilar kiradi:
— fuqarolar daromadidan olinadigan soliqlar;
— korxonalar
foydasidan olinadigan soliqlar;
— davlat korxonalarining foydasi;
— davlat qimmatli qog‘ozlarini
sotishdan tushgan pul;
— davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar;
— davlat boji va boshqa tushumlar.
Do'stlaringiz bilan baham: