Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

BANK
MUSTAQIL FAOLIYAT
Bank
— tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan 
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik 
shaxsdir:
— yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilingan 
mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash 
uchun foydalanish;
— to‘lovlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunidan.
http:eduportal.uz


76
BANKDAN QARZ OLAMIZ
Mashq. 
Yil boshida Aliyev 40 000 000 so‘m pulni 17% yillik foiz 
stavkasi bilan, Valiyev esa 60 000 000 so‘m pulni 16% yillik foiz 
stavkasi bilan bankka qo‘ydi. 
“Samo” firmasi 100 000 000 so‘m pulni 18% yillik foiz stavkasi 
bilan bankdan oldi.
1. Aliyev bank bilan hamkorlik qilganidan yiliga qancha daromad 
ko‘rdi? Valiyevchi?
2. “Samo” firmasining bu pulni ishlab chiqarishga ishlatishi natijasida 
bir yillik daromadi kamida qanchani tashkil qilishi kerak? Firma bankka 
qancha pul qaytardi?
3. Bank yuqorida keltirilgan “ish”dan yiliga qancha daromad qildi?
4. Mazkur bank operatsiyasidan kim ko‘proq manfaat ko‘rdi?
Aytaylik, “Ipoteka” banki 2018- yil dekabr oyida mijozlarga 
“Shodlik” va “Kafolat” deb nomlangan omonatlarni saqlash turlarini 
taklif qilayotgan bo‘lsin.
“Shodlik” omonat turi: yillik foiz stavkasi 18%, saqlash muddati
8 oy, foiz oddiy foizlarda to‘lanadi.
“Kafolat” omonat turi: yillik foiz stavkasi 12%, saqlash muddati
8 oy, foiz murakkab foizlar usulida to‘lanadi.
Agar sizning 100 000 000 so‘m pulingiz bo‘lganda, bu ikki omonat 
turining qaysi biridan foydalangan bo‘lar edingiz? Keling, birga 
mulohaza yuritib ko‘raylik.
“Shodlik” omonat turi har bir oyda 18:12=1,5% miqdorda oddiy foiz
to‘laydi. Demak, formulaga ko‘ra, bankning sakkiz oy uchun to‘laydigan 
foiz miqdori: I = P t = 100 000 000 . 0,015 . 8 = 12 000 000 so‘m.
Sakkiz oydan keyin bank qaytaradigan jami pul miqdori:
S = P + I = 100 000 000+12 000 000=112 000 000 so‘mni tashkil 
qiladi.
“Kafolat” omonat turi har bir oyda 12 :12 =1% miqdorda murakkab 
foizlarda, ya’ni har oydagi foiz miqdorini omonatingizga qo‘shib, 
keyingi oyda ko‘paygan omonatdan foiz hisoblaydi. Demak, formulaga 
ko‘ra:
P
8
=P . (1+r)

= 100 000 000(1+0,01)
8
≈100 000 000 . 1,083=108 300 000 
so‘mni tashkil qiladi. Demak, bu holatda bank uchun “Kafolat” omonat 
turi foydaliroq ekan. Omonatchi uchun esa, tabiiyki, “Shodlik” omonat 
turi foydaliroq.
http:eduportal.uz



Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling