Фирма маҳсулот сотишда бозорнинг уч сегментига алоҳида эътибор қаратади. Биринчи сегмент сиғими 1980 млн донани ташкил этгани ҳолда сотув ҳажми ўтган даврда 54 млн донага тенг бўлди


Download 9.36 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi9.36 Kb.
#1655044
Bog'liq
Masala


  1. Фирма маҳсулот сотишда бозорнинг уч сегментига алоҳида эътибор қаратади. Биринчи сегмент сиғими 1980 млн. донани ташкил этгани ҳолда сотув ҳажми ўтган даврда 54 млн. донага тенг бўлди. Бу йил ушбу сегмент сиғими 3%, фирманинг улуши эса 5%и ўсиши кутилмоқда. Айтиб ўтилган шартларда бу йил фирманинг сотув ҳажми қандай бўлади.

  2. Маркетинг тадқиқотлари натижасида бозор сиғими 240 млн. дона маҳсулот эканлиги аниқланди. Кейинги йилда фирманинг улуши бозорнинг 10% дан 12% га ўсиши мўлжалланмоқда. Агар 1 та маҳсулот учун фойда 175 сўмни ташкил этиб, бозор сиғими эса келгуси йилда 12 % га ўсган ҳолда келгуси йилдаги фирмани қўшимча фойдасини ҳисобланг.

  3. Firma bankdan bir yilga 40% haq to’lash sharti bilan yarim yil muddatga 4 mln so’m kredit oldi. Kredit tugaganda firma bankka qancha summa qaytarishi kerak?

  4. Menejerni ishga qabul qilayotib, shartnomada unga bir yilda 5 mln. so’m maosh va televizor yoki shunga teng qiymatda boshqa mukofot berilishi ko’zda tutilgan edi. Menejer 7 oy ishlagach shartnomani bekor qildi. Ishdan bo’shayotib, u 240 ming so’m maosh oldi. Unga yil boshida belgilangan mukofot qancha miqdorda berilgan?




  1. Aktsionerlik jamiyati foydadan dividentlarni to’lash uchun 100 mln so’m ajratdi. Bu pullar 6 ta har biri 5% yillik daromadga ega imtiyozli va 28 taoddiy aktsiyalar bo’yicha taqsimlanadi. Imtiyozli va oddiy aktsiyalar bo’yicha qanday divident to’lanadi?

  2. Sentyabr oyida davlat korxonasida 25000 kishi ishlab, 19,5mln. so’mlik maxsulot ishlab chiqdi. Xususiy kichik korxonalarda 22 kishi band bo’lib, 17,5 mln. so’mlik maxsulot yaratildi. Chet elliklar bilan birgalikda tashkil etilgan qo’shma korxonalarda esa 24000 kishi band bo’lgan xolda 30500ming so’mlik maxsulot ishlab chiqdi.

O’rtacha har bir ishchiga to’g’ri keladigan maxsulot miqdorini xisoblang. Mehnat unumdorligi nuqtai nazaridan qaysi mulk shakli samarali ekanligini aniqlang. Sizningcha buning sababi nimada, izohlang.

  1. Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: mahsulotlar tannarxi – 500 so’m; ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m;

Chakana savdo xarajatlari – 150 so’m. Taqsimlash kanallari har birlarining foydasi tovar tannarxining 20%iga teng. Xaridor tovarni qanday tannarxda sotib oladi?

  1. Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: tovar tannarxi – 1 000 so’m, ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m, chakana savdo xarajatlari – 200 so’m. Taqsimlash kanalining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxi 15% ga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?

  2. Korxona ta’mirlash uchun vaqtincha yopilgan edi. Ishga tushganda ishchi kuchi 20% ga kamaydi. Ishga kelganlardan yana 10 kishi javob so’rab ketgan edi. Natijada ishga kelmaganlar soni 30 kishidan ortib ketdi. Korxonada necha kishi ishlar edi?

  3. Kichik korxonada 40 kishi ishlab yiliga 80 mln. so’mlik tovar yaratar edi. Bozor kasod bo’lib mahsulotning ¼ (kasod) o’tmay qoldi. Shunday sharoitda ishlovchilarning necha foizi ishsiz qolishi mumkin?

Download 9.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling