Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz


87
Mamlakatimiz soliq tizimida yer solig‘i mahalliy soliq turiga mansub. 
Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Xususan, ushbu soliq turi qat’iy to‘lovdir. Ya’ni yer egalari va foy-
dalanuvchilari o‘z faoliyatlari davomida qanchalik foyda ko‘rganlaridan 
qat’i nazar, yer solig‘ini to‘lashlari shart. Ushbu soliq amalga tatbiq 
etilishining asosiy maqsadi — yerdan oqilona foydalanish, uni avaylash, 
talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qaroriga asosan belgilanadi.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara 
huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yer 
solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. 
Yagona soliq to‘lashga o‘tgan yoki soliqning alohida turlariga o‘tgan 
korxonalar, savdo tashkilotlari yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmaydilar.
Yuridik shaxslar ajratib berilgan yerlar uchun yerdan foydalangan yoki 
foydalanmaganidan qat’i nazar yer solig‘i to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘ining quyidagi stavkalari qo‘lla-
niladi:
1. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab 
chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i stavkasi;
2. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari 
uchun yer solig‘i stavkalari.
Yer solig‘i stavkasi va yagona yer solig‘i stavkasi O‘zbеkiston Rеspub-
likasi Prеzidеnti qaroriga asosan bеlgilanadi.
Odamlarning hovlilari va jamoat imoratlari band etgan yerlar qiymati 
2 ga ko‘paytirilgan (2 koeffisient qo‘llanilgan) holda baholanadi va ular 
shu qiymatdan yagona yer solig‘i to‘laydilar.
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi 
yerlar kiradi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuri-
tish uchun qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida berilgan 
yerlar – yer uchastkasi berilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga 
soliq solinmaydi. Agar yerdan o‘z o‘rnida foydalanilmasa, bu imtiyoz 
qo‘llanilmaydi.
4. Rasmlardagi yerlarning qaysi biri egasiga ko‘proq daromad keltiradi 
deb o‘ylaysiz?
5. Sizningcha, yer solig‘i nima uchun kerak?
http:eduportal.uz


88
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i stavkalari yer sifatiga 
bog‘liq holda belgilanadi.
Quyidagi yer maydonlari yer solig‘idan ozod etiladi:
shaharlar, shahar qo‘rg‘onlari, qishloq aholi punktlarining umumiy 
foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, 
ariq yoqalari, ariqlar, mozorlar va boshqalar);

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling