Iqtisodiy tarix faniga kirish


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
tashqari, xom ashyo, temir, cho‘yanga ham qat’iy cheklangan 
narxlar belgilandi. 
Yakobinchilar o‘zlarining qat’iy va ziddiyatli siyosatlari natijasi-
da xalqni qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘ldilar. Bu holatdan 
yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 mlrd.livr hajmda 
majburiy qarz olingandan so‘ng mamlakatning iqtisodiy holatini 
yomonlashtirdi. Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb-
ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga tenglashdi. Ushbu 
“soliqlar” joylarda qat’iylik bilan undirilardi. Aholining kambag‘al 
qismi uchun hayriya kassalari tuzildi. 
1794 yilning 27 iyulida yirik moliyaviy burjuaziya, sanoat tad-
birkorlari, savdogarlar manfaatlarini yoqlab chiqqan aksilinqilob 
yakobinchilar diktaturasini ag‘darib hukumat tepasiga general 
Napoleon Bonapartni kelishiga sababchi bo‘ldi. 
4.4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari 
XVIII asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam-
lakatligicha qolardi. Bozor xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan 
Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o‘laroq Germaniya, ay-
niqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan 
xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi-
na) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo‘lgan dehqonlar 
feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi. 
Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari-
dan biri – Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi 
o’rnining yo‘qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida 
savdo markazi Atlantika okeaniga ko‘chib o‘tdi. Germaniya siyosiy 
tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital 
jamg‘arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda 
qatnasha olmadi. 
◄ Siyosiy tarqoqlik 
XVIII asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus-
taqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst-
liklar
1
, 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 100 ga yaqin im-
periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu 
konglomerat “German millatining muqaddas Rim imperiyasi” deb 

Kurfyurst – imperator saylovida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan knyaz (“German 
millatining muqaddas Rim imperiyasi”). 
69



nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari alohidalashgan bo‘lib, 
o‘z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki-
bida edi. Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg 
va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, Gannover va Braunshveyg, 
Bavariya va Vyurtenberg va boshq. 
Siyosiy tarqoqlik xo‘jaliklarni rivojlanishiga ham to‘siqlik qildi. 
Ko‘psonli bojxona postlari juda ko‘p bojlar olar edilar. Yagona 
pul birligi mavjud bo‘lmaganligi sababli pul muomalasida betar-
tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. 
Yagona o‘lchov va og‘irlik tizimi yo‘q edi. Bu sharoitda sanoat va 
savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy turg‘unlikni 
chuqurlashtirar edi. 
Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar-
di. O‘ttiz yillik urush (1618-1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib 
kelib, uzoq muddatga xo‘jalik rivojlanishiga to‘siqlik qildi. Urush-
dagi yo‘qotishlar juda katta bo‘lib ba’zi yerlarda aholining ѕ qis-
mini nobud bo‘lishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida ham katta 
yo‘qotishlar yuz berdi. 
◄ Qishloq xo‘jaligi 
Bu davrda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor 
talabi ortib bordi. Don, zig‘ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va 
rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur 
edi. Bu hol nemis knyazlarini xo‘jaliklarini kengaytirishga majbur-
lardi. Bu islohotlar feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina 
mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya og‘irlashtirildi. Dehqon-
larning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi-
shi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya 
qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo‘jaliklari deb 
nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo-
satining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda 
yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga 
ega edilar. 
◄ Taraqqiyotning yangi tendensiyalari 
Germaniya sanoatida sexlar tuzumi kechki o‘rta asrlarning 
a’analarini saqlagan holda XIX asrning ikkinchi yarmigacha amal 
qildi. Ammo mamlakat iqtisodiyotida asta-sekin kapitalistik rivojl-
anish elementlari paydo bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligida qisman 
70


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
yollanma mehnatdan foydalana boshlandi. Dehqonlar yerlarini 
ekspropriatsiya qilinishi, o‘z navbatida feodal tuzumning iqtisodiy 
asoslariga putur yetkazdi. Tarqoq manufaktura keng rivoj topdi. 
Savdo kapitali tog‘-kon ishlariga, metallni qayta ishlashga, mato 
to‘qish sanoatiga kirib bordi. XVIII asr oxirlarida markazlashtiril-
gan savdo manufakturalari paydo bo‘la boshladi. Ammo ular hali 
Gollandiya, Angliya va Fransiya savdo manufakturalari oldida 
kuchsiz edi. 
Shunday qilib XVIII asrda Germaniya, uni iqtisodiy rivojlanish-
iga to‘sqinlik qiluvchi feodal tuzumni saqlagan holda kapitalistik 
ishlab chiqarishga qarab birinchi qadamlar tashlay boshladi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling