Iqtisodiy tarix faniga kirish


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)



IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH 
1-Mavzu: Jahon iqtisodiy tarixini oʼrganish 
yoʼnalishlari. Qadimgi dunyo iqtisodiyotining rivoji. 
Oʼrta asrlarla Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi. 
Yangi davrda industrial tizimni vujudga kelishi 
(XVIII asr). Industrial sivilizatsiya shakllanishi 
davrida Yevropa iqtisodiy taraqqiyot (XIX acp). 
Yangi davr аqsh (XVIII asrning oxiri - XIX asrning 70 
y.gacha) 
IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH 
Tayanch atamalar va iboralar: iqtisodiy tarix, predmet, me-
tod, tarixografiya, “fransuz agrar tarixi”, “yangi iqtisodiy tarix”, 
davrlashtirish. 
■ Reja: 
1.1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi. 
1.2. Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari . 
1.3. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi. 
1.1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi 
“Iqtisodiy tarix” fani G‘arbiy Yevropada XIX asrning ikkinchi 
yarmida yuz bergan shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta’sirida yuzaga 
keldi va u “Siyosiy iqtisod”dan ajralib chiqdi. U XIX–XX asrlardan 
boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila 
boshlandi, bundan tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni 
tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni oqilona va samarali 
amalga oshirish uchun xizmat qildi. 
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot 
va siyosiy bilimlar maktabi tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan 
kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida bo‘lim 
maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining 


dastlabki namoyondalaridan biri bo‘lgan U.Xyuins boshchilik 
qildi. 
“Iqtisodiy tarix” siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar 
bilan birga barcha o‘quv rejalarida asosiy o‘rinni egalladi. 1901 
yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo‘yicha kadrlar 
tayyorlashga yo‘naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib
unga keyinroq AQShning Garvard universitetida birinchi iqtisodi-
yot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi. 




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling