Iqtisodiy tarix faniga kirish
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu tajriba quyidagilardan iborat
- Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yo‘nalishga asoslanadi
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari
Jahon xo‘jaligi tarixini bilmasdan turib zamonaviy strategik va ilg‘or iqtisodiy fikrlay oladigan haqiqiy iqtisodchi – mutaxas- sis bo‘lish mumkin emas. Respublikamiz mutaxassislari o‘tmishda G‘arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiyada qo‘llanilgan iqtisodiy mexa- nizmlar to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerak. Ushbu tajriba quyidagilardan iborat: 1. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi rivojlanishining amerika- cha yo‘li. 2. XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metod- lari tarixi. 3. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi “iqtisodiyot mo‘jizasi”ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari. 4. Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun ma’lumotlar bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqiroz- dan chiqishning oqilona modellarini izlashga yordam beradi. Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yo‘nalishga asoslanadi: ● tarix; ● iqtisodiyot nazariyasi; ● aniq iqtisodiyot. Bu fandan rivojlangan mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyo iqtisodiy tarixi, xalq xo‘jaligi tarixi hamda iqtisodiy g‘oyalar tarixi kabi alohida yo‘nalishlar ajralib chiqdi. 7 Iqtisodiy tarixning bunday tuzilishi va integratsion xususiyatlari uning turli-tuman o‘rganish obyektlarini alohida tadqiq etilishiga bog‘liq holda tushuntiriladi. Eng umumiy holda tushuntirishda iqtisodiy jarayon va voqealarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘rganish obyekti sifatida xizmat qiladi. Turli mintaqalar iqtisodiy tarixini o‘rganish obyekti bo‘lib davlatning iqtisodiy siyosati hamda alohida tarixiy voqealarning sabab va oqibatlari xizmat qiladi. Xalq xo‘jaligi tarixining tadqiqot obyekti sifatida ishlab chiqa- rish usullari evolutsiyasi, xo‘jalik tarmoqlari tarixi, alohida iqti- sodiy jarayonlar (urbanizatsiya, kooperatsiyalashuv, sanoatlashuv va boshqalar) tarixi, iqtisodiy institutlar (soliq, narx, moliya va kredit, ish haqi) tarixi, iqtisodiy g‘oyalar tarixi uchun esa iqtisodiy nazariyalar tarixi, alohida nazariyalar tarixi va iqtisodiy tahlil me- todlari tarixi xizmat qiladi. Iqtisodiy tarixning integratsion xususiyati e’tiborga olinsa uning tadqiq etish predmetlarini ajratish ancha murakkab. Bu masala yurtimiz va chet el adabiyotlarida qayta-qayta ko‘tarib chiqilgan va u turli-tuman nuqtayi nazardan tushuntirilgan. Xuddi shun- day iqtisodiy tarix va iqtisodiyot tarixining bir-biriga o‘xshashligi to‘g‘risidagi turli fikr va munozaralar ham davom etmoqda. ● Keng ma’noda iqtisodiy tarixning predmeti jamiyatning “iqti- sodiy harakati”, uning o‘zgarishi xususiyatlari, bunday harakat- larning transformatsion qonuniyatlari, uning ijtimoiy hayotning barcha sohalari bilan bo‘lgan aloqalaridan iborat bo‘ladi. ● Tor ma’noda esa turli mamlakatlar aholisining xo‘jalik faoli- yati, ulardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ish- lab chiqarish xususiyatlarining o‘zgarib borishi predmet sifatida o‘rganiladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling