Iqtisodiy tarix faniga kirish
Karl Byuxer (1847-1930 yy.)
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maks Veber (1864-1920 yy.)
Karl Byuxer (1847-1930 yy.)
Nemis tarixchilari orasida Karl Byuxerni qayd etib o‘tish zarur. U o‘zining asosiy asari “Xalq xo‘jaligining paydo bo‘lishi”da (1893 y.) iqtisodiy jarayonlarni uch bosqichga bo‘lib, xo‘jalik rivojlanishi- ning xususiy rejasini olg‘a surgan: birinchi bosqich – “uy xo‘jaligi” (hamma ne’matlar qayerda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha yerda iste’mol qilinadi); ikkinchi bosqich - “shahar xo‘jaligi” (bevosita al- mashinuv bo‘lib, shaxsiy ishlab chiqarish, qo‘shimcha iste’molchi - buyurtmachi uchun ishlab chiqariladi); uchinchi bosqich - “xalq xo‘jaligi” (milliy davlatlarning paydo bo‘lishi natijasidir). K.Byuxerning fikricha har bir bosqich boshqa bosqichga us- tunlik qilgan sharoitda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Uning ko‘p ishlari shaharlarning rivojlanishi haqida yozilgan. Olimning ta’kidlashicha, o‘rta asrlarda mayda, shahar dehqonchiligi bilan bog‘liq xo‘jaliklar ustunlik qilgan. Maks Veber (1864-1920 yy.) Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning “Xo‘jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)”, “Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi” (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o‘rganishga o‘tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bi- lan shug‘ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o‘rgangan. U G‘arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan 1 g‘oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag‘batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo‘jalik etikasi insonni o‘zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘naltirgan edi. 1 Puritanlik (ing. puritan, lot. purus – sof, toza) – o‘ta qat’iy fe’l-atvor, ehtiyojlarning maksimal darajada cheklanishi, har qanday dabdabalik va qulayliklarga qarshi bo‘lish, oila va nikoh masalalariga patriarxal munosabatga asoslangan turmush tarzi (https:// dic.academic.ru/dic.nsf/enc_culture/2170) 12 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling