Iqtisodiy tarix faniga kirish


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

Buyuk Britaniya 
XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo‘yicha ma’ruzalar 
to‘liq holda Britaniyaning Oksford va Kembridj kabi qadimgi va 
nufuzli universitetlarida o‘qilardi, 1928 yilda Kembridj va 1931 
yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi kafedralari 
tashkil etildi
1

1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa 
oliygohlarda, jumladan Edinburg va Glazgo universitetlarining 
tegishli kurslar o‘qitiladigan yo‘nalishlarida, keyinroq esa 50-60 
yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo‘limlar tash-
kil etildi. 60-70 yillarda iqtisodiyot tarixi fani London universiteti, 
Lester, Sheffild, Liverpul, Nottingem shaharlardagi oliygohlarda 
o’z mavqeyini egalladi. 
Fransiya 
Fransiyaning Parij shahrida iqtisodiyot va sotsiologiya tarixi 
instituti hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bozorining rivojlanishi 
tarixi bo‘yicha markaz mavjud. Lion universiteti qoshida iqtisodiy 
va sotsial tarix markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Italiya 
Italiya oliygohlarida iqtisodiy tarix kafedralari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Agar 50-yillarning boshlarida Italiya universitetlari-
ning 46 tasida iqtisodiy tarix bo‘yicha faqat 15 ta kurs o‘qitilgan 
bo‘lsa, 70-yillarning boshlarida 51 ta kurs, 80-yillarning boshida 
esa bunday kurslar soni 87 taga yetdi. 
Shvetsiya 
Shvetsiyada iqtisodiy tarixni o‘qitish va tadqiq qilish univer-
sitetlarning ijtimoiy fakultetlari doirasida joriy etildi. Stokgolm 
va Uppsal universitetlari bu borada o‘z an’analari bilan mashhur 
bo‘ldi. Uppsal universitetida iqtisodiy tarix 1948 yilda “Siyosiy 
iqtisod”dan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va 1955 yilda esa 
iqtisodiy tarix kafedrasiga asos solindi. 

Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. – Т.: «Университет», 2003. -С. 3. 
6


 IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH 
 
AQSh 
Iqtisodiy tarix AQSh universitetlarida ham o‘qitiladi. Hozirgi 
vaqtda iqtisodiy tarix iqtisodiyot nazariyasi bilan yagona tar-
tib asosida birlashdi va bu “iqtisodiyot epidemiyasi”ning kuchli 
ta’sirida sinovdan o‘tkazilgan. 
Shunday qilib, iqtisodiyot xorijda allaqachon nafaqat iqtisod-
chilar, balki yuristlar, siyosatshunoslar va sotsiologlarni tayyor-
lashning ham ajralmas qismiga aylangan. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy 
tarix Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan o‘qitila bosh-
landi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling