Iqtisodiy tarix faniga kirish


Jahongir bu haqda quyidagi fikr bildirgan


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

Jahongir bu haqda quyidagi fikr bildirgan: 
“Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo‘latmagan navkarni 
yuqori martabaga ko‘tarib, hurmatlasinlar. O‘g‘ri va qaroqchilarni 
jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan 
haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va 
chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar 
va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo‘shni podsholar, ularning ga-
plari, ishlari uzoq o‘lkalardan bo‘lib, mening dargohimda yuzlan-
gan ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) ros-
tlik, to‘g‘rilik bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, 
haftama-hafta, oyma-oy mening arzimga yetkazib tursinlar”. 
Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda 
qutvol (qal’a boshlig‘i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchi-
lik qilganlar va yana yo‘l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuv-
chi, boshqaruvchi, qo‘shin boshlig‘i)lar tayinlanib, ular yo‘llarni 
qo‘riqlab, o‘tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mul-
ki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo‘yganlar. 
Yo‘l ustida biror odamning biror narsasi yo‘qolsa, o‘zi o‘ldirilsa 
yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish ular-
ning zimmasida bo‘lgan. 
Buyuk 
jahongirning 
mana 
bu 
so‘zlari 
yanada 
qimmatliroqdir: 
“Har mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshi-
ni siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdi-
lar. Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar 
tayinladimki, ular qayerga borishmasin: Xitoy, Xo‘tan, Chinu-
Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, 
Farangiston, u yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan 
keltirishsin. O‘sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvo-
li, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir 
mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomala-yu muno-
sabatda ekanligini aniqlasinlar”. 
24


2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI 
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish 
quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar va 
sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o‘z 
vazifasini o‘rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining 
bahosiga teng bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan 
to‘rt otgacha tayinlangan. O‘nboshilar maoshi qo‘l ostidagi oddiy 
sipohiylarnikidan o‘n barobar ortiq bo‘lgan. Yuzboshilar maoshi 
o‘nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa 
yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi. 
Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo‘l qo‘ygan sipohiylarning 
maoshi o‘ndan birga kamaytirilgan. O‘nboshi yuzboshi tasdig‘i 
bilan, yuzboshi mingboshining tasdig‘i bilan, mingboshi bosh 
amir tasdig‘i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning 
maoshi qo‘l ostidagilardan o‘n barobar, devonbegi va vazirlar-
ning maoshlari amirlarnikidan o‘n barobar ortiq bo‘lgan. Yasovul 
(xonlarning kichik xizmatchisi, qo‘riqchi), chopovul (chopqunchi, 
asosan tunda o‘tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholi-
dan yig‘ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor) 
larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o‘n ming tangagacha 
bo‘lgan. 
Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, munajjim-
lar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o‘z hollariga qarab 
suyurg‘ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu 
yerda palos to‘shovchi ma’nosida)larga yuzdan ming tangagacha 
maosh berilardi. 
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to‘liq 
ma’lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, 
so‘ngra tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va 
askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba’zida alo-
hida xizmat ko‘rsatgan beklarga tanho sifatida yer-suv berilgan) 
berganlar. 
Sohibqiron vasiyatiga ko‘ra uning to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad 
Jahongir Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo‘lib, o‘n ikki ming otliq 
askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi ug‘li Mironshoh 
Mirzo to‘qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyat-
ni tasarruf qilgan. To‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzo yetti ming otliq 
askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi bo‘lgan. Nabiralari ham 
uch mingdan yetti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladi-
lar. 
25



Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopo-
vullarning bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag‘ni 
devonxonaga keltirib, shu yerda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va 
bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazi-
nasidan olib berilgan. 
O‘nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan 
soliqlardan yig‘ilgan xazinadan va podsholik mulki daromadidan 
naqd pul hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi yer-
lardan tiyul (xiroj va soliq yig‘ib olish haqi bilan in’om etiladigan 
yer-mulk)lardan berilgan. Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyat-
lardan biri tiyul etib belgilangan. Temur viloyatlardan tushgan 
daromadlarni taqsimlash haqida shunday degan edi: “Viloyatlar 
va mamlakatlardan olingan jami daromadni taqsimlab, maosh 
berish yerliklariga biriga kam, biriga ortiq qilib yozsinlar. So‘ng 
yerliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar shu yer-
liklardan birini chiqarib olsin”. 
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mah-
sulot bilan to‘lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha so-
variy (podsho va xonlar o‘z viloyatlaridan o‘tayotganlarida xalq-
dan talab qilinadigan tortiqlar), qo‘nalg‘a (choparlar va elchilarga 
qo‘noq berish solig‘i) va shilon (podshohlar va amirlarning ovqati 
uchun yig‘iladigan soliq) talab qilinmagan. 
Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayin-
lagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig‘ilgan mollarni yozib rai-
yat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog‘irdor) ning fuqarolarga 
zulm yetkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo‘lib tur-
gan, yig‘ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikk-
inchisi daromadning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozib, 
yig‘ilgan mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling