Iqtisodiy tarix faniga kirish


 XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.2. XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi 
XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropa feodalizmi tugallangan yetuk 
shakllarga ega bo‘ldi. Bu davrda feodal tarqoqlik o‘z o‘rnini 
markazlashgan feodal davlatlarga bo‘shatib berdi. Ulardan eng 
yiriklari Fransiya va Angliya edi. Feodal hukmronlikning marka-
zlashuvi feodal ishlab chiqarish usullarining mustahkamlashuviga 
olib kelmay iloji yo‘q edi. XI-XV asrlarda bu yerda feodal tuzum 
keng qamrovli ahamiyat kasb etib, xo‘jalik hayotida hal qiluvchi 
rol o‘ynay boshladi. 
Krepostnoylashgan sen’orlar o‘zlarining barshchina tizimi bi-
lan chuqur inqirozga uchray boshladi. Feodal tuzumning natural 
xo‘jaligi o‘zining ahamiyatini tobora yo‘qota bordi, jamiyat bor-
gan sari qarama - qarshi fikrni bildira boshladi. Dominant xo‘jalik 
ishlab chiqargan mahsulotlar xalq ehtiyojlarini va shu bilan bir- 

Senziva (fr. la censive; cens, chinsh) – Fransiyada o’rta asrlarda dvoryan bo’lmagan 
aholi qatlamining, dehqonlarning meros asosida yerga egalik qilish shakli. 

История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. 
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.140. 
41



ga feodallarning ham ehtiyojlarini qondira olmay qoldi. Fransuz 
dvoryanlari va dehqonlariga nisbatan sifatli va har xil turdagi ish 
qurollari va iste’mol mollari kerak bo‘la boshladi. Shahar va qish-
loqlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tobora kuchayishi pul 
hajmini ko‘paytirish zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga 
obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab 
chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab 
etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni 
barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul 
rentasiga o‘tkazdilar. Natijada dehqon xo‘jaligi feodal rentasini 
ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va 
kumushlarning shu’lasidan mast bo‘lib qoldilar. Pul shaklidagi 
obrok o‘lchab bo‘lmas darajada katta ediki, feodallar o‘zlarining 
barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar. 
Feodallar talablarining tobora ko‘payishidan ko‘pgina dehqon 
xo‘jaliklari g‘azablanardi. Feodallarning surunkali ravishda urush-
lar natijasida dehqonlarning ahvolini tobora og‘irlashar, hosilning 
kamayishi, ocharchilik va epidemiyalar natajasida tabaqalararo 
urushlar kuchayib borardi. 
Ingliz feodal qirolligi IX asrda vujudga keldi. Lekin feodal mu-
nosabatlar Angliyada sekin rivojlanardi. Feodal xo‘jalik 1066 yilda 
Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olingandan 
keyin to‘la-to‘kis rivojlanib bo‘ldi. Yerlarning kelgindi normand va 
fransuz feodallari tomonidan birdaniga musodara qilinishi yirik 
yer egalarning paydo bo‘lishi va dehqonlarning qaramlashuvi 
sur’atlarini tezlashtirib yubordi. 
XI asrning oxirida yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida 
shu narsa ayon bo‘ldiki, o‘sha davrga kelib Angliya xo‘jaligining 
asosiy qismini qaram dehqonlar mehnatiga asoslangan manor 
qo‘rg‘onlari tashkil etardi. XII-XIII asrlarga kelib manor tizimi 
mamlakatning 80% ini tashkil etardi. Manorlarga qaram dehqonlar 
xizmat qilardi. Asta-sekin manor tizimi 2 asosiy guruhga ajraldi: 
● villanlar qishloq xo‘jaligining 30 akrgacha yeri bo‘lgan va o‘z 
ish quroli hamda xo‘kiziga ega bo‘lgan dehqonlar sinfi 
● kotgerlar kichkina yeriga ega bo‘lgan yoki umuman yeri 
bo‘lmagan dehqonlar. 
Kotgerlar barshchinada ishlab, xo‘jayinning xo‘kizi va mehnat 
qurollarini ishlatishgan. Manorial xo‘jalik tizimi natural shaklda 
42


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
edi, manorlar o‘rtasidagi savdo munosabatlari sekin rivojlanardi, 
o‘sha davrdagi boshqa Yevropa mamlakatlari manorlariga nisba-
tan agrotexnik darajada zaif edilar. 
Lekin shuni aytib o‘tish kerakki XII-XIII asrlarda Angliyada 
feodallardan ozod hisoblangan dehqonlar mavjud edi. Ular fri-
golderlar deb atalgan. Ammo ular juda kam sonli edilar va ularn-
ing roli ijtimoiy hayotda unchalik muhim o‘rin tutmasdi. XIV-XV 
acrlarda Angliyada Fransiyadagi kabi feodal munosabatlarning 
ancha ko‘zga tashlanuvchan darajada keskin o‘zgarishi yuz berdi. 
Bunda mamlakat ichki bozorining rivojlanishi muhim ahamiyat 
kasb etdi. Junga bo‘lgan talabning tobora osha borishi natijasida 
Angliyada qo‘ychilikning rivojlanishi kuchaya bordi. Bu xol feodal 
qo‘rg‘onlarida ham, dehqon xo‘jaliklarida ham kuzatildi. Jun ma-
tolar ishlab chiqarish markazlariga aylanib borayotgan flandr 
shaharlarning junga talabi ayniqsa katta edi. Bu “ishlab berishn-
ing kommutatsiyasi”ga, ya’ni o‘zgarishiga olib keldi. Villanlar ko-
pigollderlarga

aylanishdi va ba’zi bir, asosan og‘ir va qaramlik 
ko‘rinishlaridan qutulishdi. 
Endi ular ishlab berish o‘rniga to‘lov, jun holida yoki pul bilan 
to‘laydigan bo‘lishdi. Kopigolder o‘sha joydagi cherkovda saqla-
nadigan hujjatning nusxasi bilan: yerga egalik qiladigan dehqon 
degani edi. XV asrda Angliya qishloqlarida kopigolderlar asosiy 
shaxslar bo‘lib qoldi. Tobora oshayotgan to‘lov majburiyatlari, 
feodal zodagonlar qo‘lida qurol bo‘lib qolayotgan va yakka xo-
kimlilikka asoslangan davlatning og‘ir soliqlari, qo‘shni Fransiyad-
agi kabi, sinfiy kurashning kuchayib ketishiga olib keldi. 
1381 yili Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlarning 
katta qo‘zg‘oloni alanga oldi. Qo‘zg‘olonchilar jiddiy muvaffaqi-
yatlarga erishdilar, xatto poytaxt Londonni ham egallashga mu-
vaffaq bo‘lishdi. By ko‘zg‘olon bostirilgan bo‘lishiga qaramay, 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga ega bo‘ldi. 
XV asr davomida Angliyaning deyarli barcha dehqonlari shax-
san ozod bo‘ldilar qishloq xo‘jaligi esa asosan tovar xo‘jaligi 
shaklini oldi. Angliyaning ko‘pchilik dvoryanlari yollanma meh-
natga asoslangan xo‘jalik yurita boshladilar. Yangi burjuazlashgan 
dvoryanlar tabaqasi paydo bo‘ldi. Bu Angliya qishloq xo‘jaligida 
yangi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari tug‘ilayotganini 
bildirar edi. 

Kopigollder – dehqonlarni dvoryanlarga tobelik shaklidan biri 
43



O‘rta asrlarda Germaniyada 
feodal munosabatlarning rivojla- 
nishi Angliya va Fransiyadagiga nisbatan sekinroq amalga oshdi. 
Buning asosiy sababi Germaniyada ancha vaqt davomida siyosiy 
tarqoqlik hukm surgani va markazlashgan yagona feodal davlat-
ning yo‘qligi edi. Shunga qaramay XII asr boshida nemis qish-
loqlari asosan feodal qishloqlarga aylandi. Qishloq aholisining 
asosini qaram dehqonlar tashkil qildi. Cherkov va monastir ye-
rlarida fogtlar deb atalmish neofeodalarga bo‘ysunadigan “fogt 
odamlari” yashaganlar. 
Nemis feodalizmi tarixida Germaniya feodallarining Elba dary-
osi sharqida joylashgan G‘arbiy slavyanlar yerlariga qilgan bosq-
inchilik harakatlari muhim o‘rin tutadi. By harakatlar zamirida yan-
gi yerlar va qaram dehqonlarni qo‘lga kiritish yotar, tub slavyan 
aholisi doimiy ravishda, rahmsizlarcha qirib tashlanardi. Bosib 
olingan yerlarda bir necha feodal ritsarlik knyazliklari tuzildi. Ne-
mis ritsarlari butun Boltiq bo‘yi yerlarini bosib olishga erishdilar. 
Germaniyada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning ahvoli tax-
minan Fransiya va Angliyadagidek edi. O‘zlashtirilgan yerlar may-
doni sezilarli darajada kengaydi, texnik ekinlar ekila boshlandi, 
donli ekinlar, poliz va bog‘larga qarash yaxshilandi, chorvachilikn-
ing rivojlanishi ancha yuqori darajaga yetdi. 
XIII asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi agrar munosabat-
larda, Angliya va Fransiyadagidan ko‘ra kamroq seziladigan dara-
jada bo‘lsa ham, to‘ntarish boshlandi. 
Shahar va qishloq orasida tovar munosabatlarining kuchayishi 
ta’sirida Germaniyaning bir qator rayonlarida ishlab berish tizimi 
va shaxsiy qaramlikning bir qator elementlari yo‘q qilindi, feodal 
qaramlikning to‘lov to‘lash shakllariga o‘tildi. Sharqiy Germani-
yaning nemis feodallari tomonidan mustamlakaga aylantirishi 
natijasida XV asrda keng miqyosda dehqonlarni qaramlashtirish 
amalga oshirildi. Bularning hammasi ezilgan dehqonlarning ke-
skin noroziliklariga sabab bo‘ldi va XVI asrda ularning ommaviy 
ko‘zg‘olonlari - “Buyuk dehqonlar urush”ni tayyorlab berdi. 
44


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling