Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Angliya – sanoat inqilobining vatani


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

4.2. Angliya – sanoat inqilobining vatani 
XVII asrga kelib Angliya jahon yetakchisi hisoblangan Gollandi-
yadan kapitalistik manufakturalarning o‘sish sur’atlari, jahon sav-
dosi va mustamlaka iqtisodiyoti bo‘yicha o‘zib ketdi. XVIII asr 
o‘rtasiga kelib Angliya yetakchi kapitalistik mamlakatga aylandi. 
Qishloq xo‘jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat 
hisoblanardi. XVII asr o‘rtalaridagi burjua inqilobidan so‘ng may-
da va o‘rta dehqon xo‘jaliklarini yirik yer mulkdorligi tomonidan 
siqib chiqarilishi XVIII asr o‘rtalarida dehqonchilikni sinf sifatida 
ahamiyatini yo‘qolib borishiga olib keldi. Jamoa va mayda de-
hqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta taqsimlani-
shi, yerga yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi 
amalga oshirildi. 
● pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo‘jalik 
texnikasidan keng foydalanish imkonini berdi. 
● agrotexnika takomillashtirildi 
● almashlab ekishga o‘tish amalga oshirildi 
● yirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, yetakchi tex-
nikani ishlatib va yer egalariga kapitalistik rentani to‘lab xo‘jalik 
yurita boshlashdi. 
● qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan barqaror talab 
va ichki va tashqi bozorlarni muntazam kengayib borishi ishlab 
chiqarishni takomillashtirishga doimiy rag‘bat bo‘lib xizmat qila-
di. 
XVIII asrda mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib 
olinishi jarayoni yirik fermalar uchun ochiq dalalarni paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Yer uchastkalarini yiriklashuvi va mayda ija-
rachilarni yiriklari tomonidan siqib chiqarilishi ijara to‘lovlarini 
o‘sishiga olib keldi. Uning hajmi ba’zida oddiy to‘lovdan 4-10 
barobar katta bo‘lar edi. Mayda yerlarni yirik yer egalari tomoni-
dan tortib olinishi jarayonini kengayib borishi ingliz parlamenti 
tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar sonidan ham ko‘rinadi. 
XVIII asrning birinchi choragida – 15 akt, asr o‘rtasida – 220 ta 
akt, asr oxirida 1,5ta akt. Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning 
63



xususiy mulkiga aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun qabul qilini-
shi bilan yakunlandi. 
Shunday qilib XVIII asrda Angliyaning qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishi yuqori darajada rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi 
oshdi. Yerda ishlamaydigan aholining oziq-ovqat mahsulotlari-
ga, sanoatni esa xom ashyoga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyoji 
to‘liqroq qondirila boshlandi. O‘z navbatida yerlarni yiriklashtirish 
jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni sanoatda foyda-
lanishga imkon yaratadi. 
Sanoat to‘ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o‘rtalaridagi 
burjua inqilobi natijasida: 
● kapitalistik rivojlanish oldida turgan to‘siqlarni olib tash-
landi. 
● yerga burjua mulkini o‘rnatildi 
● milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi 
● mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aris-
tokratiya ittifoqi shakllandi 
Amalga oshirilayotgan proteksionizm siyosati olib kelinayot-
gan xorijiy tovarlarga yuqori bojxona bojini o‘rnatdi. Jahon bo-
zorida boshqa tovarlar bilan raqobatlashish uchun Angliya fab-
rika usulida va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yishi zarur edi. 
Angliya ilmiy tadqiqotlarga va ixtirolarni amaliyotga joriy 
etishga yetarli bo‘lgan kapitalni jamlashga muvaffaq bo‘ldi. Ker-
akli mablag‘ning manbalari: 
● davlat qarzi; 
● soliq stavkasini oshirilishi; 
● ishlab chiqarish va savdoni kengaytirilishi. 
Angliyaning XVIII asrdagi savdo urushlari yangi mustamlaka-
larni bosib olinishi bilan yakunlanar edi. XVIII asrda Angliya 120 ta 
mustamlaka bosib olish urushlarida qatnashdi. 
Britaniya mustamlaka imperiyasini shakllanishi Yetti yillik 
urush (1756-1763) bilan yakunlandi. Unda g‘alaba qozonib An-
gliya Fransiyani Hindistondan siqib chiqardi, Kanadani bosib oldi 
va qudratli mamlakatga aylandi. 
Angliya burjuaziyasi mustamlakalarni talash evaziga katta 
mablag‘ to‘pladi. Mustamlakalarga olib borilayotgan tovarlar mo-
nopol yuqori narxlarda sotilar edi. Mustamlakalardan esa tovarlar 
suv tekin narxlarda olib kelinar edi. 
64


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
Angliya yiliga 20 ming qora tanlilarni Amerikaga olib borib qul 
sifatida sotish evaziga juda katta foyda topar edi. 
Sanoat to‘ntarilishining yo‘nalishlari va oqibatlari. Sanoat 
to‘ntarilishi – bu qo‘l mehnatiga asoslangan manufakturadan 
sanoat burjuaziyasi va sanoat proletariatini shakllanishi bilan 
birgalikda amalga oshadigan fabrika-zavod ishlab chiqarishiga 
o‘tishdir. 
Sanoat to‘ntarilishining yo‘nalishlari: 
● To‘ntarilish birinchi bo‘lib tekstil sanoatida boshlandi. Mato 
va gazlamalar yangi mashina va uskunlarda ishlab chiqarilib, ar-
zon narxlarda bozorda sotila boshlandi va raqobatchilarni siqib 
chiqardi 
● Keyingi yo‘nalish – metallurgiya sanoatini rivojlanishi bo‘lib, 
oxir natijada u ko‘mir qazib olishga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 
● Ko‘mir qazib olishni rivojlanishi transport kommunikatsiyasi 
taraqqiyotiga olib keldi. 
● Transportni rivojlanishi savdoni taraqqiy etishiga turtki 
bo‘ldi. 
● Yakuniy bosqich bo‘lib mashinasozlik tarmog‘i namoyon 
bo‘ldi. Bunda metallga ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqarila 
boshlandi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling