Iqtisodiy tarix faniga kirish


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. G‘arbiy Yevropada feodalizmning shakllanishini xususiyatlari 
nimadan iborat? 
2. Angliyada Uot Tayler boshchiligidagi dehqonlar 
qo‘zg‘olonining sabablari nimada? 
3. G‘arbiy Yevropada hunarmandchilikni qishloq xo‘jaligidan 
ajralishi qanday natijalarga olib keldi? 
4. Ganza ittifoqining asosiy vazifalari nimadan iborat? 
5. Shimoliy Italiyadagi shahar-respublikalarning rivojlanish 
xususiyatlari nimadan iborat? 
6. Buyuk geografik kashfiyotlarning G‘arbiy Yevropa 
iqtisodiyotiga ta’siri nimadan iborat? 
60


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
 YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA 
KELISHI (XVIII asr) 
Tayanch atamalar va iboralar: manafaktura, fabrika, sanoat 
proletariati, sanoat to‘ntarilishi, senz, shampar, kurfyurst, 
■ Reja: 
4.1. Davrning umumiy tavsifi 
4.2. Angliya – sanoat inqilobining vatani 
4.3. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
4.4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari 
4.1. Davrning umumiy tavsifi 
XVIII asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy sohada quy-
idagi muhim hodisalar yuz berdi: 
● burjua iqtisodiy munosabatlarini paydo bo‘lishi va rivojla-
nishi, 
● sanoatni jadal o‘sishi sharoitida raqobatning hukmronligi, 
● angliyadagi sanoat inqilobi, 
● burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini o‘sishi, 
● andifeodal harakatning kuchayishi, 
● qishloqni shaharga bo‘ysunishi, 
● insonlar o‘rtasidagi deyarli barcha an’anaviy munosabatlarni 
pul munosabatlari bilan to‘liq almashtirilishi, 
● ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlik to‘g‘risidagi ma’rifiy 
g‘oyalarni keng tarqalishi. 
XVIII asrda G‘arbiy Yevropa iqtisodiy jihatdan sanoat rivojla-
nish sur’atlari bo‘yicha namuna bo‘ldi. Asr boshidayoq yevropa 
manafakturasi o‘z taraqqiyotining oxirgi bosqichiga o‘tdi va bir 
qator mamlakatlarda (Angliya, Gollandiya, Fransiya sanoatin-
ing ba’zi tarmoqlari) hunarmandchilikdan ustunlik qila boshladi. 
Boshqa Yevropa mamlakatlarida esa (Germaniya, Fransiya) manu-
fakturaning rivojlanishi feodalizm sarqitlari, sexga berilayotgan 
imtiyozlar, ichki bozorning torligi sababli sekinlashar edi. 
61



Ingliz manufakturasi
1
Ingliz manufakturasi eng yetuk cho‘qqiga 
erishdi. XVIII asr o‘rtalariga kelib Angliyada sanoat to‘ntarilishini 
amalga oshirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoit-
lar vujudga keldi. Ushbu jarayonning asosiy mazmuni manufak-
turadan fabrikaga o‘tishda mujassamlashgandir: qo‘l mehnatiga 
asoslangan mayda ishlab chiqarishdan yirik mashina industriyasi-
ga o‘tishda (birinchi navbatda yengil sanoatda). 
Sanoat inqilobi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tash-
kil etishga ta’sir ko‘rsatdi. 
● Umumiy dvigatelli mashinalar tizimi mehnat jarayonini 
uzluksizligini ta’minladi 
● Arzonroq va sifatli bo‘lgan fabrika-zavod mahsulotlari hu-
narmandchilik va manufaktura mahsulotlarini siqib chiqardi 
● Sanoatni qishloq xo‘jaligidan uzil-kesil ajralishi yuz berdi 
● Yirik shaharlar va kapitalistik sanoat markazlari paydo 
bo‘ldi. 
Bu davrda burjuaziya – fabrikantlar va yollanma ishchilar – 
sanoat proletariati sinflari to‘liq shakllandi. XVIII asr savdo asri 
hisoblanadi. Ba’zi hollarda tashqi savdoning o‘sish sur’atlari sano-
at ishlab chiqarishi o‘sishi sur’atlaridan yuqori bo‘ldi. Bu davrda 
merkantelizm g‘oyalari ustuvorlik qilardi, aktiv savdo balansi 
targ‘ib qilinar edi. Burjuaziya cho‘qqisidagilarning kapitali sano-
atda emas, balki savdoda, kemasozlikda, bank sohasida mujas-
samlashgandir. Ushbu davrda merkantilizm siyosati faol protek-
sionizm siyosati bilan uzviy bog‘liq edi. 
Shunday bo‘lsa ham XVIII asrda Yevropa asosan agrar hudud-
dir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jamiyatni mavjudligi va 
faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni belgilab berar edi. Ushbu 
tarmoqda aholining asosiy qismi band edi: Angliyadagi 75%dan 
Fransiyadagi 80-85%gacha. Yerga mulkchilikning turli shakllari 
mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqarar edi. Asta-sekin yevropa 
mamlakatlari agrar sektorida ijaraning shakllari va tarkibi o‘zgarib 
bordi. 
● Mayda dehqonchilik ijarasi yirik tijorat ijarasi tomonidan 
siqib chiqarilardi. 

Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / 
М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С. 103. 
62


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
● Ijara munosabatlari borgan sari ko‘proq yollanma mehnat 
jalb etilar edi. 
● Dehqonchilikning ijtimoiy-iqtisodiy differensiatsiyasi ushbu 
munosabalarga bevosita bog‘liq edi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling