Iqtisodiy tarix faniga kirish
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI I (XIX asr) tarmoqlarini mamlakatda yetakchilik qilishini ta’minladi. Fransiya- da rivoj topgan paxtani qayta ishlash sanoati korxonalarini o‘ziga qo‘shib olish natijasida Germaniyada gul bosilgan matoli mahsu- lotlar ishlab chiqarish ikki barobar o‘sdi. 1879 yilda mamlakatda proteksionistik siyosat qo‘llanilib, im- port mahsulotlariga bojlarni oshirish orqali milliy sanoatni rivojini qo‘llab-quvvatladi. Hanuzgacha temir yo‘l qurilishi davlat tomoni- dan qo‘llab-quvvatlanardi. Temir yo‘lning asosiy qismi davlat mulkiga o‘tgandi. ◄ Sanoat to‘ntarilishining yakunlanishi va uning oqibatlari XIX asrning 70-yy.lar oxirida sanoat inqilobini yakunlanishi bi- lan ishlab chiqarishning o‘sishi yanada kuchaydi. Nemis industri- yasi yangi texnik ixtirolarga tayangan edi: elektromotor, ichki yon- ish dvigateli, bug‘ turbinalarini yaratilishi, elektroenergiyani ma- sofaga uzatish va boshqalar. Mamlakat korxonalariga ko‘plab yol- lanma ishchilar kelib qo‘shildi. Yollanma ishchilar asosan yetakchi mamlakatlardagi eng yuqori tug‘ilish natijasida va xonavayron bo‘lgan hunarmandlar va dehqonlarni kelib qo‘shilishidan vujud- ga keldi. Umuman olganda XIX asrning oxirgi 30 yilligida nemis sanoa- tining ishlab chiqarish hajmi besh marotaba o‘sdi, Fransiyada uch barobar, Angliyada esa ikki barobar o‘sdi. Natijada XIX asr oxiriga kelib Germaniya agrar-industrial mamlakatdan qudratli industri- al-agrar mamlakatga aylandi. Shahar aholisi tinimsiz o‘sib bordi, XIX asrning 70-90-yy.da 33%dan 50%gacha o‘sib, 1910 yilga kelib 60%ni tashkil etdi. ◄ Qishloq xo‘jaligi XIX asrning 70-yillarga kelib agrar islohotlar yakunlandi. Ammo bu tarmoqda mahsulot yetishtirishning o‘sishi feodalizm qoldiqlari va absolyut rentaning katta hajmi sababli sekinlashgan edi. Sharqiy Prussiyaning bir qator yirik pomestelarida ko‘pchilik dehqonlar erkinlikka ega bo‘ldilar, lekin ularning yerlari yo‘q edi, va ular yunkerlar pomestelarida yollanma ishchi bo‘lib qolishdi. Qishloq xo‘jalik o‘rtoqliklari vujudga kela boshladi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va mineral o‘g‘itlar kengroq qo‘llanila boshlan- di. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini bunday intensiv metod- lar yordamida yuritilishi ijobiy natijalarni berdi: hosildorlik yarim 81 barobar o‘sdi, texnik ekin maydonlari kengaydi, qoramol soni ko‘paydi. ◄ Monopoliyalar XIX asrning oxirgi 30 yilligida ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi monopolizatsiyaning kuchayishiga olib kel- di. Qazib olish va u bilan bog‘liq og‘ir sanoat tarmoqlarida kartel va sindikatlar ko‘pchilikni tashkil etardi. Bu turdagi birlashma- lar faqatgina mahsulot sotilish sohasini monopollashtirgan edi. Texnik-iqtisodiy va tashkiliy jihatdan korxonalar erkinlikni saqlab qolishgan edi. Tog‘, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish tarmoqlarida yirik monopoliyalar shakllandi. XIX asrning 80-90-yy. ichida mingta ishchisi bor korxonalar soni to‘rt barobar ko‘paydi. Reyn-Vestfal toshko‘mir sindikati tashkil etildi. U o‘ziga Rur basseynida ko‘mir qazib olishni 95%ni bo‘ysundirdi va mamlakatda ko‘mir qazib ol- ishni 40%ga egalik qildi. Sanoatning elektrotexnika (AEG-Umumiy elektr jamiyati va “Simens”), po‘lat quyish va harbiy sanoat (“Krupp” firmasi), kimyo (G.Farbenindustri), kemasozlik (Shimoliy-German Lloyd va Gamburg-Amerika kompaniyasi) tarmoqlarida yirik monopolistik birlashmalar shakllandi. Kartel va sindikatlar soni 50 barobarga ko‘paydi, ya’ni 1870 y.da 6 tadan 1900 y.dagi 300 tagacha. Nemis monopoliyalarining o‘ziga xos xususiyati – ular o‘nlab va yuzlab korxonalarni birlashtirar edi. ◄ German imperializmining ekspansiyasi XIX asr oxirida Germaniya imperialistik g‘oyalarni targ‘ibotini kuchaytirdi, va uni xom ashyo yetishmovchiligi va o‘z mahsulot- larini sotish bozorlari cheklanganligi bilan asosladi. Mamlakat iqtisodiyoti ichki bozor chegarasidan chiqib ketdi, lekin arzon narxlardagi xom ashyo keladigan va o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlarni bojlarsiz sotish imkoni bo‘lgan mustamlakalarga ega emas edi. Milliy chegaralarni kengaytirish g‘oyasi Pangerman ittifoqi- ni (1891 y.) yaratishda, yangi hududlarni bosib olish zaruratida namoyon bo‘ldi. Togo, Kamerun, Shimoli-G‘arbiy Afrika, Karoli- na, Marian va Marshallov orollari bosib olindi. Lekin baribir Ger- 82 5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI I (XIX asr) maniya mustamlakalari Angliya mustamlakalariga nisbatan hudud bo‘yicha 11 marotaba va aholisi bo‘yicha 32 marotaba kichik edi. Germaniyada qudratli harbiy-sanoat kompleksi shakllanib, unga mamlakatning butun industriyasi ishlar edi. Armiya va flot- ga xarajatlar sezilarli oshdi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning qurol- yarog‘lari takomillashdi. Yirik harbiy-dengiz floti shakllandi. Mamlakat jahonni qayta taqsimlashda qatnashish uchun urushga tayyorlandi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling