Iqtisodiy tarix faniga kirish


 AQShda sanoat to‘ntarilishi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

6.3. AQShda sanoat to‘ntarilishi 
Sanoat to‘ntarilishining shart-sharoitlari 
● AQShdagi sanoat to‘ntarilishining texnik shart-sharoitlari 
Angliyada erishilgan yutuqlar natijasida yuzaga keldi. 
● AQShda ixtirolarni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi. 
● 1790 y.dan patentlar to‘g‘risida qonun amal qilib, unga mu-
vofiq ixtirochi o‘z ixtirosiga 14 yilga monopol huquqga egalik 
qilardi. 
Yirik sanoat ishlab chiqarishi mablag‘ manbalari:
● savdo burjuaziyasining foydasi, 
● tashqi savdodan olingan daromad, 
● fermer xo‘jaliklari daromadi, 
● er bilan spekulyativ bitimlardan tushumlar. 
Sanoat to‘ntarilishiga davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir 
ko‘rsatdi - XIX asr boshida investitsiyalar savdo va dengizchilik 
sohalaridan sanoatga yo‘naltirila boshlandi. Shu bilan birga olib 
kirilayotgan tovarlarga proteksionistik tariflar belgilandi. 
Sanoat to‘ntarilishi xususiyatlari. Angliyadan keyin mashinalar-dan 
foydalanish bosqichiga o‘tib ingliz texnik tajribasidan unumli 
foydalanildi. Shu bilan birga o‘zining yutuqlaridan ham foydala-
89



nildi. Ushbu aralash usul sanoat to‘ntarilishini qisqa muddatda 
(40-50 yil) amalga oshirishga imkon berdi. 
AQShda sanoat to‘ntarilishining xususiyatlari: 
● Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli. 
● Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko‘llarni 
ko‘pligi). 
● Mamlakatda o‘rmonlarning ko‘pligi. 
● Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi. 
● Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi. 
1.Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli 
Muhim ixtirolar: 
● tikuv mashinkasi. 
● tipografiya mashinasi. 
● fosforli gugurt. 
● morze elektromagnit telegrafi. 
● D.Yuza harf bosuvchi apparati, 
● revolver. 
● pnevmatik tormoz. 
AQShda paydo bo‘lgan bu ixtirolar sanoatning ko‘pgina yangi 
tarmoqlarini rivojlanishiga olib keldi. 
2.Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko‘llarni ko‘pligi). 
Daryolarning ko‘pligi bug‘ energiyasidan arzonroq bo‘lgan suv 
energiyasi bilan ta’minlash imkonini berdi. Shu sababdan bug‘ 
energiyasidan ommaviy foydalanish kechroq amalga oshdi. 
3.Mamlakatda o‘rmonlarning ko‘pligi. Toshko‘mir o‘rniga 
yog‘och ko‘mirdan foydalanish keng tarqalgandi. 1860 yilga qa-
dar temiryo‘l transportida yog‘och ko‘mir ishlatilar edi. Ba’zi so-
halarda yog‘och ko‘mir mahsulotni sifatliroq bo‘lishiga imkon be-
rardi. 
4.Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi. Sanoat 
to‘ntarilishi kechroq amalga oshganligi sababli manufaktura kapi-
talizmi shakllanmadi. Angliya hukumati AQShda manufakturani 
rivojlanishiga to‘siqlik qildi. 
5.Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi. Fuqarolik 
urushi natijasida Janubda fabrika va zavodlar yo‘q edi. Bu hudud-
da paxta, tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirish rivojlangan 
edi. Agar mashinalar ishlatilsa ular ham qullar tomonidan ishla-
tilar edi. 
Sanoat to‘ntarilishi yo‘nalishlari. Sanoat to‘ntarilishi mam-
lakatning Shimoli-sharqida boshlandi. Mashina yordamida ishlab 
90


6-MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha) 
chiqarishga o‘tgan birinchi tarmoq paxtani qayta ishlash tarmog‘i 
edi. E.Uitni tomonidan 1793 y.da ixtiro qilingan paxta tozalash 
mashinasi paxtani qayta ishlashni tubdan o‘zgartirishga va pax-
tachilik sanoatini xom ashyo bilan ta’minlashga imkon berdi. 
Asta-sekin mashinalar junni qayta ishlashga ham joriy qilindi. 
1840 y.ga kelib Shimoli-sharqda uyda jun to‘qish mashina yor-
damida to‘qishga almashdi. 
Shimoli-sharq tekstil sanoatining markaziga aylandi. Bu 
hududda tarmoqning 78% fabrikalari joylashgan edi. 
Engil sanoatda sanoat to‘ntarilishi tekstil sanoatidan tashqari 
oziq-ovqat, poyafzal, to‘qimachilik, teriga ishlov berish sanoat-
lariga ham ta’sir etdi (1841 y.da Zinger tikuv mashinkasi ixtiro qil-
indi). 
Yana bir yo‘nalish – transportni rivojlanishi. XVIII asr oxirida 
kanallar qurilishi rivoj topdi. XIX asrning birinchi choragida Buyuk 
ko‘llarni Atlantika okeani bilan bog‘laydigan ERI kanali qurildi. 
Kemalar qatnovini jadallashuviga 1807 y.da R.Fulton tomonidan 
“Klermont” g‘ildirakli paroxodini ixtiro qilinishi ta’sir ko‘rsatdi. 
Birinchi temir relslar Baltimor va Ogayo shaharlarini bog‘ladi 
(1828-1830 yy.), keyingi 20 yil davomida temir yo‘llar uzunligi 300 
barobar o‘sdi. Dunyodagi hech qaysi mamlakat bunday sur’atlarga 
erishmagan edi. 
Transportning rivojlanishi metallurgiya, qazib olish va 
o‘rmonchilik sanoatlarini rivojlanishiga turtki berdi. 
Sanoat to‘ntarilishi davrida toshko‘mir qazib olish 20 barobar, 
cho‘yan ishlab chiqarish 3 barobar o‘sdi. 
Metallurgiya markazlari - Pittsburg; G‘arbda yangi markazlar 
tashkil etildi (Tennesi, Kentukki), Pensilvaniya, Ogayo. 
XIX asr o‘rtalarida AQShda yirik mashinasozlik zavodlari ma-
vjud edi (Nyu-York, Pensilvaniya). 
Bu sanoat to‘ntarilishini yakunlovchi bosqichga (mashinalarni 
mashinalar ishlab chiqarishi) o‘tganligidan dalolatdir. 
AQSh parovozlar, kemalar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini 
yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 1851 y.da AQShda elektrovoz 
ishlab chiqarildi. Keyinchalik poezdning yotoq vagonlari, sister-
nalari yaratildi. 




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling