Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

5.2. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
Napoleonning iqtisodiy siyosati. Fransiyada XVIII asr oxiridagi 
inqilob mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng 1799 yil 9-10 noyabrda 
davlat to‘ntarishini amalga oshirib hukumatga general Napoleon 
Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini mustahkamladi va 
1804 yilda o‘zini imperator deb e’lon qildi. 
Napoleon davrida 
● xususiy mulk muqaddas deb e’lon qildindi; 
● sanoat rivojlandi; 
● 1800 yilda uning qo‘llab-quvvatlashi natijasida Fransuz 
banki tashkil etildi; 
● ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo‘lib burjuaziyaning 
bosh moliyaviy asosiga aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda 
boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi; 
● Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda 
Yevropaga fransuz eksportini kengayib borishi evaziga katta 
mablag‘lar oqib kela boshladi; 
● Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy so-
haga xarajatlarni keskin ravishda oshishiga olib keldi. 
Sanoat to‘ntarilishi. Fransiyada sanoat to‘ntarilishi Angliyadan 
kechroq amalga oshdi. U past sur’atlar bilan amalga oshdi. Buni 
mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda hunarmand-
chilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining sus-
tligi, sanoat kapitalini emas bank-savdo kapitalini rivojlanganligi 
taqazo qilar edi. 
Shunday bo‘lsa ham: 
● manufaktura va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga 
keldi; 
● sex tizimi yo‘q qilindi; 
● fabrika sanoati uchun muhim hisoblangan ish kuchi bozori 
tashkil topdi; 
● Fransiyada sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz 
berdi; 
● tekstil sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida katta 
ahamiyatga ega ixtirolar qilindi; 
● metallurgiyani sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi 
va ko‘mir)ni yetishmasligi sababchi edi. 
XIX asrning 50-70-yy.da paxta iste’moli 2 barobar oshdi. Lion 
shoyi ishlab chiqarishning yirik markaziga aylandi. Lionda 2 mln. 
75



kg. ipak-xom ashyosi qayta ishlanardi va mamlakatda ishlab 
chiqariladigan shoyi matosining 2/3 qismi ishlab chiqilardi. 
Sanoat inqilobi XIX asrning 60-yillarda yakunlandi. Sanoat 
mahsulotining umumiy hajmi 6 marotaba o‘sdi (asr boshidagi 2 
mlrd.fr.dan 60-yy. oxiridagi 12 mlrd.fr.gacha). 
Fransiya sanoat ishlab chiqarishi va umumiy iqtisodiy salohiyat 
bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egalladi. 
Qishloq xo‘jaligi. O‘sha davrda Fransiya baribir agrar mam-
lakat edi. Mamlakatning 8.7 mlrd.fr.li milliy daromadidan 5 mlrd. 
fr. agrar sektorga to‘g‘ri kelardi. 
● qishloq xo‘jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qish-
loq joylarda yashar edi. 
● feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qish-
loq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sdi. Ekin maydonlari kengaydi. 
Agrotexnika va mehnatni mexanizatsiyalashtirish yaxshilandi. Yirik 
qoramolning boshi 1.5 barobar ko‘paydi. 
● yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holat-
lari yaxshilanib bordi. 
● bug‘doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o‘sdi. 
● chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi sohasiga aylandi. 
Savdo va moliya. XIX asr o‘rtalariga kelib Fransiyada savdo- 
moliya sohasida muhim voqealar sodir bo‘ldi. 
● bojxona siyosatidagi o‘zgarishlar – ingliz uskunalari, metall 
va ko‘miriga bojlar bekor qilindi. 
● kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib 
o‘tdi. 
● natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo‘ldi: yer banki, 
savdo va sanoat banklari 
Kreditlashda yangi hodisa bo‘lib “Kredi mobnle” bankini tuz-
ilishini aytish mumkin. U XIX asrning 50-yy.da tashkil topib, o‘z 
kapitalini mamlakatni iqtisodiy taraqqiyotiga, ta’sischilik faoliyat-
iga, aksioner jamiyatlarni shakllantirishga sarflar edi. 
XIX asrning 60-yy.lar boshida yirik “Lion krediti” va “Bosh jami-
yat” banklari tashkil topdi. 
Parij Kommunasi. XIX asrning 2-yarmida franko-pruss urushi-
da (1870-1871 yy.) Fransiya boshiga og‘ir kulfatlar tushdi. Nemis 
qo‘shinlari fransuz armiyasini mag‘lubiyatga uchratib Parijni bosib 
oldi. Yo’l-yo‘lakay aholi, manufakturalar talon-taroj qilindi. 
76


5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING 
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI

(XIX asr) 
Fransuz burjuaziyasining sotqinlik siyosati va nemis bosqinchi-
larining vaxshiy xatti-harakatlaridan ta’sirlangan parij proletariati 
1871 yil 18 martda qo‘zg‘olon uyushtirdi. 
Keyinchalik qo‘zg‘olonga hunarmandlar, mayda burjuaziya va 
xizmatchilar ham qo‘shilishdi. A.Ter hukumati

Parijdan Versalga 
qochib ketdi. 26 martda Parij shahri kengashiga saylov o‘tkazildi. 
Parij Kommunasi e’lon qilindi. 
Bu proletar inqilobning va proletar diktaturasini o‘rnatishning 
birinchi urinishi edi. Asosiy maqsad qilib burjuaziya sinfining 
hukmronligini yo‘q qilish va nemis bosqinchilaridan ozod bo‘lish 
edi. Kommuna 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham u o‘z izini tarixda 
qoldirdi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling