Iqtisodiy tarix faniga kirish
Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
5.3.Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari
◄ Iqtisodiy qoloqlik sabablari XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloq- likdan chiqish bo‘yicha asosiy muammolarni yechmagan edi. Bun- ing asosiy sabablaridan biri mamlakatning siyosiy tarqoqligidadir. Faqatgina 1815 yilga kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shaharlarni birlashtiruvchi Germaniya itti- foqi tuzildi. Shu davrda ham yagona pul tizimi, o‘lchov birligi yo‘q edi. Mamlakat ichidagi bojxonalar iqtisodiy, savdo va transport aloqalarining imkoniyatlarini chegaralar edi. Nemis hunarmandchilik tovarlari rivojlangan mamlakatlarning fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila ol- masdi. O‘tgan asrning oxirida paydo bo‘lgan nemis manufaktur- asi hali ancha kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy shaharliklar yirik manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha yetarli mablag‘ to‘plamagan edilar. ◄ Agrar inqilobining prusscha yo‘li 1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramlig- ini bekor qiluvchi, lekin yirik yunkerlik yerga egalik qilishni va ko‘pchilik feodal sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul qilindi. Asta-sekin agrar islohotlar boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay, Vyurtenberg, Gessen-Darmshtadt, Baden va 1 История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка, А. Н. Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С. 303. 77 boshqalar. Bunday holatni olimlar qishloq xo‘jaligida kapitalistik evolutsiyaning prusscha yo‘li deb nomlagan edi. Shimoli-g‘arbiy yerlarda va Bavariyada grossbauerlarning 1 xo‘jaliklari shakllandi. Janubi-g‘arbda mayda dehqon xo‘jaliklari ko‘p edi. Qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvining o‘sishi va “savdo” hudud- larining ko‘tarilishi iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi. Germaniya kartoshka va lavlagi yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqdi. Nemis qishloq xo‘jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari nemis eksportining asosiy qis- mini tashkil etardi. ◄ Burjua inqilobi Mamlakatda burjua inqilobi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham ko‘pchilik muammolar o‘z yechimini topmagan edi. XIX asrning birinchi yar- mida Germaniya dengiz savdosida yetakchilikni o‘ziga qaytarib ololmadi. U hanuzgacha jahon savdo yo‘llaridan chetda qolib ke- tardi. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini bosqichma-bosqich bartaraf etish harakat- lari muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatning paydo bo‘lib boray- otgan yirik sanoati proteksionizm va bojxona himoyasiga muhtoj edi. 1818 yildayoq bojxona qonuni Prussiya hududida bojxona postlarini, ichki bojlar va aksizlarni to‘plashni bekor qildi. Prussi- yaniki emas bo‘lgan tovarlarga bir xildagi tariflar belgilandi. 1833 yilda 20 ga yaqin shimoliy Germaniya davlatlarini bir- lashtirgan Bojxona ittifoqi tuzildi va u yevropa mamlakatlari bilan savdo shartnomalarini imzolash huquqiga ega bo‘ldi. Bu iqtisodiy va siyosiy birdamlikda muhim qadam bo‘lib, yirik sanoat uchun ichki bozorni kengaytirish va chuqurlashtirish imkonini berdi, temiryo‘l qurilishini rag‘batlantirdi. ◄ Sanoat to‘ntarilishini boshlanishi XVIII asr oxiri – XIX asr boshida sanoat ishlab chiqarishi jaray- onida nemislar xorijiy (ayniqsa, ingliz) texnika va texnologiyasidan foydalana boshladilar. Ingliz mashinalari bazasida paxtani qayta ishlash sanoati rivojlandi. Toshko‘mir asosida ishlaydigan cho‘yan eritish pechlari o‘rnatildi. 1 Grossbauer – Germaniyada qisloq kapitalisti, quloq 78 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling