Iqtisodiy tarix faniga kirish
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI I (XIX asr) Germaniyada sanoat inqilobi bir necha bosqichdan o‘tdi. 50- yillarga qadar uning boshlang‘ich bosqichida asosan tekstil sano- ati tarmoqlari rivojlantirildi. Keyingi 20 yil davomida og‘ir sanoat (ko‘mir, metallurgiya, mashinasozlik) rivojlantirildi. 70-yillarning oxirlarida sanoat inqilobi yakunlanib, ishlab chiqarish monopoli- zatsiyalashishi amalga oshdi. An’anaviy ravishda sanoat inqilobi tekstil sanoatini qamrab oldi. Saksoniyada paxtani qayta ishlash sanoati, Sileziyada – zig‘irpoya tolasini yigirish rivojlandi. Leypsig yarmarkalarida shoyidan tikil- gan mahsulotlar keng namoyish etilardi. Tekstil sanoati tobora mashinalashib borar edi. 1864 yilda Bojxona ittifoqi hududida 310 ta ip yigirish uskunalari va 750 mingta mexanik dug mavjud edi. Og‘ir sanoatda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bug‘ mashinasini paydo bo‘lishi ko‘mirga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Ko‘mir qazib olish ikki barobar o‘sdi, shaxtalarda band bo‘lganlar esa to‘rt barobar o‘sdi. Og‘ir sanoatning boshqa tar- moqlarida band bo‘lganlarning soni XIX asrning birinchi yarmida 12 marotaba o‘sdi. Reyn-Vestfal sanoat rayoni alohida taraqqiy topib 200 domna pechlari joylashgan va Germaniya ishchilarining ¼ shu yerda faoliyat yuritardi. ◄ XIX asrning 50-60 yy.dagi sanoat o‘sishi. Yangi tarmoqlar va texnologiyalarni shakllanishiga yirik ixtiro- lar va ishlanmalar sababchi bo‘ldi. E.V.Simens tomonidan dinamo- mashinani (1867 y.) ixtiro qilinishi, hamda toshko‘mirdan sun’iy bo‘yoq olishni (1856 y.) boshlanishi bularga misol bo‘la oladi. Ka- liy o‘g‘itlarini ishlab chiqarish boshlandi. Bu davrda mamlakatning kredit tizimiga asos solindi, aksioner banklar va kompaniyalar tashkil etildi. XIX asrning 50-60 yillarda Prussiyada 300 ga yaqin tog‘ sanoati, metallurgiya, sug‘urta, temir yo‘l va boshqa jami 2,5 mlrd.marka kapitalga kompaniyalar tashkil etildi. XIX asrning 50-70 yillarda Germaniya sanoati misli ko‘rilmagan o‘sish sur’atlariga erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya An- gliya va Fransiyadan o‘zib ketdi. XIX asrning 50-yillarda sanoat mahsuloti hajmi ikki barobar o‘sdi, XIX asrning 60-yillarda esa yana 1,5 barobarga o‘sdi. Jahon sanoati ishlab chiqarishining 13 % Germaniyaga to‘g‘ri kelardi. Bunda og‘ir sanoatning hissasi katta edi. 60-yillarda ish- 79 lab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish 23%ga, iste’mol buyum- lari esa 9%ga o‘sdi. XIX asrning 50-60 yillarda ko‘mir qazib olish besh barobar, cho‘yan ishlab chiqarish yetti barobar, temir yo‘llar uzunligi uch barobar, bug‘ mashinalari quvvati to‘qqiz barobar o‘sdi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Germaniya Fransiyadan o‘zib ket- di. Lekin hali sanoat inqilobi to‘liq tugamagan edi. Sanoat tarmo- qlarining ba’zilarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi saqlanib qolgandi. Qishloq xo‘jaligi sanoatdan ko‘ra usunlikka ega edi. ◄ Savdo Sanoatlashtirish bo‘yicha yutuqlar savdoni rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakat ichida tovar aylanmasi ko‘paydi. XIX asrning 50-60-yy.lar davomida mamlakat ichida yuk tashishlar 190 mln.t-km.dan 4045 mln.t-km.gacha, ya’ni 21 marotaba oshdi. Pul aylanmasi 27 marotabaga oshdi. Yirik yarmarkalarda savdo kengaydi. Yirik universal magazinlar tashkil etildi. Tovar birjalari yirik ulgurji bitimlarni rasmiylashtira boshladi. Tashqi savdo ham orqada qolmadi. XIX asrning 50-yy.larning o‘zidayoq nemis tovarlarini eksporti uch barobarga, import esa ikki barobarga o‘sdi. Savdo balansining ijobiy saldosiga erishildi. XIX asrning 50-60-yy. davomida tashqi savdoning umumiy hajmi uch barobarga ko‘paydi. ◄ XIX asrning 70-90-yy.dagi sanoat o‘sishi. XIX asrning 70-yillar boshlari Germaniyada yangi, kuchli iqti- sodiy ko‘tarilish davri hisoblanadi. Bunda yetakchi rolni franko-pruss urushidagi g‘alaba (1870- 1871 yy.) va mamlakatni siyosiy jihatdan yagona German imperi- yasiga birlashishi (1871 y.) o‘ynadi. Fransiya ustidan g‘alaba Ger- maniyaga 5 mlrd.frank kontributsiya 1 keltirdi va u nemis ishlab chiqarishini jihozlashga sarflandi. Undan tashqari, Germaniya fran- suzlarning boy provinsiyalariga ega bo‘ldi – Elzas va Lotaringiya 2 – va Fransiyadan temir rudasi Germaniyaning Reyn va Saar basseyn- laridagi ko‘mir-metallurgiya bazasini to‘ldirdi. Bu Germaniya og‘ir sanoatidagi metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik 1 Kontributsiya – urushda mag’lub bo’lgan mamlakat tomonidan g’olib mamlakatga to’lanadigan mablag’. 2 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.260. 80 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling