Iqtisodiy tarix faniga kirish
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
6.2. AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy
rivojlanishi Hududlarni kengayishi. Kolonial qaramlikdan endigina ozod- likka erishgan AQSh hukumati keng qamrovli hududlar ekspansi- yasi siyosatini amalga oshira boshladi. Yangi hududlar tengsiz shartnomalar, savdo bitimlari, bosib olish asosida qo‘shilar edi. AQSh tarkibiga Luiziana (1803 y.), Florida (1819 y.) shtatlari kirdi. 1823 y.da AQSh “Monro doktrinasi”ni e’lon qildi, unga binoan Yevropa mamlakatlarining Amerika ishlariga aralashuvi AQShga tahdid deb qaraldi. Shu bilan AQSh Meksikaga nisbatan bosqin- chilik urushlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Qo‘shib olish va bosib olishlar: ● Texas (1845), ● Yangi Meksika (1849), ● Yuqori Kaliforniya (1848), ● Oregon (1846). ● XIX asrning birinchi yarmida AQSh hududi 3,5-4 barobar kengaydi. Yevropadagi doimiy ravishdagi urushlar amerika kapitalizmini jadal o‘sishiga sababchi bo‘ldi. AQSh okean ortida bo‘lganligi sababli ushbu urushlarda qat- nashmasdi, shu sababdan yirik harbiy xarajatlardan holi edi. Lekin barcha urush qatnashchilari bilan savdo-sotiq qilib daromad oldi. Aholi. XIX asr o‘rtasiga kelib hududlar ekspansiyasi natijasida shtatlar soni 13 tadan 30 gacha ko‘paydi. Hududlarning kengayishi quyidagi muhim demografik o‘zgarishlarga olib keldi: aholining tez o‘sishi, aholini G‘arbga faol migratsiyasi va asta-sekin urbanizatsiyasi. 1790 y.da AQSh aholisi 3,9 mln.kishi edi. 1860 y.da esa 31,4 mln.kishi. Aholi sonini o‘sishi ichki omillar (tabiiy o‘sish) hamda tashqi omillar (immigrantlar oqimi va qullarni olib kelish) hisobiga amal- ga oshdi. AQShda katta yerlarning mavjudligi Yevropadan ko‘chib kelu- vchilarni o‘ziga jalb qilar edi. Demografik holatning o‘zgarishi urbanizatsiyada o‘z aksini topdi. Mehnat taqsimoti shahar aholisini o‘sishiga olib keldi. 88 6-MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha) AQShning yirik shaharlari: Nyu-York, Sinsinnati, Filadelfiya, Chik- ago, Klivlend, Sent-Luis. Qishloq xo‘jaligini rivojlanishi. XIX asrning birinchi yarmida AQSh iqtisodiyotida asosiy tarmoq bo‘lib qishloq xo‘jaligi hiso- blanar edi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish omillari: G‘arbni mustamlaka- ga aylantirish, qullar mehnatidan foydalanish, rayonlarni ixtiso- slashuvi. Shimoli-G‘arbda jo‘xori yetishtirish rivojlandi. Undan tashqari ekstensiv chorvachilik rivojlandi. Ushbu hududni o‘zlashtirilishi bug‘doy yetishtirilishini keng tarqalishiga olib keldi. Indiana, Illinoys, Viskonsin shtatlari asosiy bug‘doy yetishtiruvchi hududlarga aylandi. Shimoli-sharqdagi shtatlar intensiv qishloq xo‘jaligiga ixtiso- slashib sanoat markazlarini xom ashyo bilan ta’minlardi. Janub va janubi-g‘arbdagi yangi hududlar paxtachilikka ixtiso- slashib AQSh jahonda yirik paxta yetishtiruvchiga aylandi. 1791 y.da jahonda paxta yetishtirishda AQSh 0,4 % ulushga ega bo‘lgan bo‘lsa, 1860 y.da 66%gacha o‘sdi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling