Iqtisodiy tarix faniga kirish
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari
4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
tashqari, xom ashyo, temir, cho‘yanga ham qat’iy cheklangan narxlar belgilandi. Yakobinchilar o‘zlarining qat’iy va ziddiyatli siyosatlari natijasi- da xalqni qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘ldilar. Bu holatdan yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 mlrd.livr hajmda majburiy qarz olingandan so‘ng mamlakatning iqtisodiy holatini yomonlashtirdi. Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb- ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga tenglashdi. Ushbu “soliqlar” joylarda qat’iylik bilan undirilardi. Aholining kambag‘al qismi uchun hayriya kassalari tuzildi. 1794 yilning 27 iyulida yirik moliyaviy burjuaziya, sanoat tad- birkorlari, savdogarlar manfaatlarini yoqlab chiqqan aksilinqilob yakobinchilar diktaturasini ag‘darib hukumat tepasiga general Napoleon Bonapartni kelishiga sababchi bo‘ldi. 4.4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari XVIII asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam- lakatligicha qolardi. Bozor xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o‘laroq Germaniya, ay- niqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi- na) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo‘lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi. Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari- dan biri – Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi o’rnining yo‘qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko‘chib o‘tdi. Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg‘arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda qatnasha olmadi. ◄ Siyosiy tarqoqlik XVIII asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus- taqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst- liklar 1 , 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 100 ga yaqin im- periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu konglomerat “German millatining muqaddas Rim imperiyasi” deb 1 Kurfyurst – imperator saylovida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan knyaz (“German millatining muqaddas Rim imperiyasi”). 69 nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari alohidalashgan bo‘lib, o‘z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki- bida edi. Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, Gannover va Braunshveyg, Bavariya va Vyurtenberg va boshq. Siyosiy tarqoqlik xo‘jaliklarni rivojlanishiga ham to‘siqlik qildi. Ko‘psonli bojxona postlari juda ko‘p bojlar olar edilar. Yagona pul birligi mavjud bo‘lmaganligi sababli pul muomalasida betar- tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. Yagona o‘lchov va og‘irlik tizimi yo‘q edi. Bu sharoitda sanoat va savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy turg‘unlikni chuqurlashtirar edi. Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar- di. O‘ttiz yillik urush (1618-1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib kelib, uzoq muddatga xo‘jalik rivojlanishiga to‘siqlik qildi. Urush- dagi yo‘qotishlar juda katta bo‘lib ba’zi yerlarda aholining ѕ qis- mini nobud bo‘lishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida ham katta yo‘qotishlar yuz berdi. ◄ Qishloq xo‘jaligi Bu davrda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi. Don, zig‘ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo‘jaliklarini kengaytirishga majbur- lardi. Bu islohotlar feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya og‘irlashtirildi. Dehqon- larning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi- shi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo‘jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo- satining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga ega edilar. ◄ Taraqqiyotning yangi tendensiyalari Germaniya sanoatida sexlar tuzumi kechki o‘rta asrlarning a’analarini saqlagan holda XIX asrning ikkinchi yarmigacha amal qildi. Ammo mamlakat iqtisodiyotida asta-sekin kapitalistik rivojl- anish elementlari paydo bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligida qisman 70 4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) yollanma mehnatdan foydalana boshlandi. Dehqonlar yerlarini ekspropriatsiya qilinishi, o‘z navbatida feodal tuzumning iqtisodiy asoslariga putur yetkazdi. Tarqoq manufaktura keng rivoj topdi. Savdo kapitali tog‘-kon ishlariga, metallni qayta ishlashga, mato to‘qish sanoatiga kirib bordi. XVIII asr oxirlarida markazlashtiril- gan savdo manufakturalari paydo bo‘la boshladi. Ammo ular hali Gollandiya, Angliya va Fransiya savdo manufakturalari oldida kuchsiz edi. Shunday qilib XVIII asrda Germaniya, uni iqtisodiy rivojlanish- iga to‘sqinlik qiluvchi feodal tuzumni saqlagan holda kapitalistik ishlab chiqarishga qarab birinchi qadamlar tashlay boshladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling