Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Jahon bozorining vujudga kelishi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.7. Jahon bozorining vujudga kelishi 
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy 
rivojlanishiga juda kuchli inqilobiy ta’sir ko‘rsatdi. “Amerikan-
ing kashf qilinishi va Afrikani aylanib o‘tadigan dengiz yo‘lining 
ochilishi o‘sayotgan burjuaziya uchun yangi faoliyat maydonlarini 
yaratib berdi. Sharqiy Hindiston va Xitoy bozorlari, Amerikaning 
mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan ayirboshlash, ayir-
boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko‘payishi 
savdo-sotiq, dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli 
ko‘rilmagan turtki berdi va parchalanayotgan feodal jamiyatda 
revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga olib keldi”. 
Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer 
sharining yevropaliklarga ma’lum bo‘lgan hududlari XIV asrga 
nisbatan 6 marta ko‘paydi. Dunyo quruqligining 60 %i o‘rganib 
bo‘lindi. Dengizda suzish san’ati dunyoning juda uzoq qismlari 
va xalqlari orasida barqaror iqtisodiy aloqalarning o‘rnatilishiga 
imkon berdi. 
Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo‘jaligi si-
fatida ishlatila boshlandi, aslini olganda dunyo savdosiga aylanib 
qolgan tashqi savdoni kengaytirishning asosi bo‘lib xizmat qildi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo 
xo‘jaligi va bozorining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan mahsulot-
lar hisobiga ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga 
avvallari Yevropaga noma’lum bo‘lgan yangi tovarlar - tamaki
58


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
kakao, kofe va boshqa mahsulotlar kiritildi. Shu vaqtdan boshlab 
bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi. Ziravorlar, guruch, 
qand iste’moli keskin oshdi. 
Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning 
nafaqat tuzilishi va xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us-
ullariga ham radikal o‘zgarishlar kiritdi. Yangi bozorlarni egal-
lash uchun kurashda bir qator davlatlarda yakkahukmron savdo 
kompaniyalari tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari ushbu 
mamlakat savdogarlarining yer sharining ma’lum hududi bilan 
savdo-sotig‘ini boshqarib turardi xolos. 
Masalan, Angliyada faqat Afrika kompaniyasi a’zolarigina Af-
rikada savdo-sotiq olib bora olar edilar, lekin ularning har biri 
alohida faoliyat yuritardi. Boshqa davlatlar bilan raqobatbardosh 
kurash olib borish uchun bu yetarli bo‘lmay qoldi va kompaniya 
ichidagi savdogarlar kapitali sekin-asta birlasha boshladi. Birlash-
gan kompaniyalar orasida eng qudratlilari Angliya va Gollandi-
yadagi Sharqiy Hindiston kompaniyalari bo‘lib, ular Hindiston bo-
zoriga yakkahukmronlik qila oldilar. 
XVI asrda tovar birjalari ancha takomillashgan shaklga ega bo‘la 
boshladi. Ularning ahamiyati oshishi tovar miqdorlarining o‘sishi 
natijasida ularni to‘liq ko‘rib chiqish amalda mumkin bo‘lmay qol-
ganligi bilan bog‘liq edi. Shartnoma tuzishda partiya sifatini an-
iqlash uchun tovarning nusxasini ko‘rish bilangina cheklanadigan 
bo‘lindi. Buni maxsus ajratilgan joylarda - birjalarda - ishlab chiq-
ilgan qoidalarga asosan, tovar va boyliklarni ko‘rsatmay, amalga 
oshirish qulay edi. Shu bilan birga dunyo xo‘jalik aloqalarining 
kengayishi xalqaro qarz berish tizimini rivojlantirdi. 
Shuning uchun tovar birjalari qatorida fond birjalari ham pay-
do bo‘la boshladi va ularda chet mamlakatlarning veksellari, obli-
gatsiyalari, keyinroq esa aksiyalari bilan savdo qilinadigan bo‘ldi. 
Birja savdolari qatorida yarmarka savdolari, shu jumladan chay-
qov xususiyatli yarmarka savdolari ham jonlandi. 
Dunyo bozorining vujudga kelishi asosiy savdo yo‘llarining 
O‘rta Yer dengizi basseynidan Atlantika okeaniga ko‘chib o‘tishini 
bildirar edi. Dunyo savdo aylanmasida yetakchi o‘rin Venetsiya 
va Genuyadan Pireneya yarim oroli portlariga, keyin esa Angliya, 
Gollandiya, Fransiya portlariga o‘tdi. Italiya shaharlari Sharq bi-
lan savdo-sotiqdagi yakkahukmronligini yo‘qotgandan so‘ng qarz 
berish ishlariga ixtisoslasha boshladilar. 
59



Germaniya shaharlari ham dunyo savdosidan chetda bo‘lib 
qoldilar. Lekin Atlantika okeani qirg‘oqlarida joylashgan shaharlar, 
birinchi navbatda Niderlandiya alohida iqtisodiy ahamiyat kasb 
eta boshladilar. Lissabon va Sevilyaning ahamiyati mustamlaka 
tovarlar kiritilishiga asoslangan bo‘lsa, Antverpen va Amsterdam 
dunyo savdosining vositachilik markaziga aylandi va bu yerlar-
dan butun Yevropaga tovarlar tarqatiladigan bo‘ldi. Niderlandiya 
shaharlari birjalariga barcha Yevropa davlatlarining savdogarlari 
yig‘iladigan bo‘ldi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling