Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Buyuk geografik kashfiyotlar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.5. Buyuk geografik kashfiyotlar 
XVI -XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida feodal tuzumning 
barham topishi va feodal jamiyat negizida yangi, kapitalistik mu-
nosabatlar tug‘ilishi jarayoni yuz berdi. 
O‘zgarishlar G‘arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatining barcha 
sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari 
asta-sekin o‘zining cheksiz ustunligini yo‘qota boshladi. Dastlab-
ki kapital to‘plash jarayoni ildiz ota boshladi. Mehnat taqsimoti 
yanada o‘sdi. 
Dehqonlarning yersiz qolishi va shahar hunarmandlarining 
xarob bo‘lishi natijasida paydo bo‘lgan yollanma ishchilar ishlay-
digan kapitalistik manufakturalar yuzaga keldi. Ijtimoiy tuzilishda 
ham o‘zgarishlar yuz berdi; feodal jamiyatda yangi sinflar - bur-
juaziya va proletariat shakllandi. 
Kapitalizmning rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar 
alohida ahamiyat kasb etdi (XV asr oxiri - XVII asr). Yangi savdo 
yo‘llari va ilgari ma’lum bo‘lmagan mamlakatlar va kontinentlarn-
ing ochilishi, Yevropa bilan dunyoning boshqa mamlakatlari orasi-
da doimiy aloqalar o‘rnatilishi nisbatan qisqa vaqt ichida Yevropa 
davlatlari xo‘jaliklariga ulkan mablag‘lar keltirdi. 
Olimlarning fikricha: “XVI-XVII asrlarda geografik kashfiyotlar 
natijasida yuz bergan buyuk inqiloblar va savdo-sotiq kapitalining 
tez rivojlanishi ishlab chiqarishning feodal usulidan kapital usu-
liga o‘tishiga ko‘mak bergan eng asosiy omillardan biridir”. 
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropa davlatlarining Sharq 
bilan savdo-sotiq sohasida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar va mu-
omala vositalarining keskin yetishmovchiligi buyuk geografik 
kashfiyotlar uchun turtki bo‘lib xizmat qildi. Avval an’anaviy 
53



bo‘lgan sharq yo‘llari turklar, arablar va tatar-mo‘g‘ullar tomoni-
dan bosib olingan edi. Arablarning sharq mahsulotlarini Yev-
ropaga olib kelishda hukmronligi hamda mahsulotlarni 8-10 ba-
ravar narxlarda sotishi Yevropaliklar uchun o‘ta foydasiz bo‘lsa, 
turklarning o‘zboshimchaligi va bosqinchiligi umuman tovar ayir-
boshlash jarayoniga tahdid sola boshlagan edi. 
Ammo Venetsiyaliklar va Genuyaliklar turklar bosib olishi-
dan ko‘rgan zararlarini narxlarni ko‘tarish yo‘li bilan qisman qo-
play olardilar. Sharqdan keltiriladigan gazlamalar, taqinchoqlar, 
ziravorlar va qimmatbaho zeb-ziynat buyumlarining xaridorlari 
bo‘lgan boshqa Yevropa davlatlarining feodallari va savdogarlari 
nafaqat turk bosqinchiligiga qarshi, balki Italiyaliklarning Levan-
tiya savdolaridagi vositachiligiga qarshi ham boshqa yo‘l bilan 
kurashishga harakat qildilar. Shu sababli Genuyalik dengizchi 
Kolumbning Hindistonga Atlantika orqali yo‘l topish rejasi Ispani-
yada qo‘llab-quvvatlangani ham bejiz emas edi. 
XV asrda G‘arbiy Yevropada muomala vositasi sifatida oltin 
va kumush yetishmasligi jiddiy sezila boshladi. Buning sababi 
faqatgina savdo-sotiqdagi o‘zgarishlar natijasida oltinning Shar-
qqa qarab oqib ketishi emas, balki sanoat va savdoning o‘sishi 
natijasida G‘arbiy Yevropada muomala vositalariga bo‘lgan ta-
lab keskin ortgan bir paytda Germaniya va Ispaniyaning kumush 
zaxiralari kamayib ketganligi ham edi. Feodal aristokratiya va 
tug‘ilayotgan burjuaziya boyish va boylik orttirishga harakat qilar 
edi. “Oltin tashnaligi” tezda hal qilish kerak bo‘lgan dolzarb iqti-
sodiy muammoga aylandi. Bu esa okeanlar orqali Sharqqa yangi 
yo‘llar topishga undar edi. 
Feodal yerlarining qismlarga bo‘linib ketishi dvoryanlarning 
kambag‘allashuviga olib keldi. Aynan kambag‘allashgan dvoryan-
lar konkvistadorlarning

asosini tashkil etdilar. 
Buyuk geografik kashfiyotlarni osonlashtirgan siyosiy omillar 
orasida shuni aytish joizki, faqat markazlashgan qudratli monarxi-
yalargina yirik dengiz ekspeditsiyalarini moliyalashtirish imkoniga 
ega edilar. Bundan tashqari, yollanma armiya va amaldorlarga 
haq to‘lash, boshqa xarajatlarni qoplash uchun pul vositalarining 
yakkahukmronligiga talab ortgan edi. 

Konkvistador – Amerikadagi birinchi ispan yer egalari. 
54


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
Yevropada texnika va fanning rivojlanishisiz buyuk geografik 
kashfiyotlar amalga oshmas edi. Birinchi navbatda bu kemasoz-
lik, navigatsiya va geografiya sohalariga tegishli O‘rta Yer dengizi 
basseynida qo‘llanilgan elkanli va eshkakli kemalar okean say-
ohatlari uchun yaroqsiz edi. XV asrda yaratilgan karavella uchta 
ishchi machtalarga va qavat-qavat joylashgan bir nechta elkanlar-
ga ega edi. Bu dovullarda havfni kamaytirar, kamroq ekipaj talab 
qilar, kemaning suzish tezligini oshirar va shamolning har qanday 
yo‘nalishida kerakli kurs bilan suzish imkonini berar edi. Navi-
gatsiya fanidagi yutuqlar eng avvalo kompasning takomillashuvi 
bilan bog‘liq bo‘lib, bu aniqroq dengiz kartalarini chizish imkonini 
berdi. 
Lekin trans atlantik suzishning amalda mumkinligini asoslagan 
nazariya bo‘lmaganda, hech qanday texnik yangiliklar o‘z rolini 
o‘ynay olmas edi. XV asr oxirida yerning shar shaklida ekanliga 
to‘g‘risidagi antik tushunchalar qayta tug‘ildi, Florensiyalik as-
tronom va kosmograf Paolo Toskanellining g‘arbga harakatlanib, 
Hindistonga borish mumkinligi to‘g‘risidagi taxmini to‘g‘ri, deb 
qabul qilina boshlandi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o‘zlashtirilmagan 
kengliklariga qilingan qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. 
Ularda Yevropaning turli davlatlaridan ko‘plab dengizchi va olim-
lari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi va Afrikani aylanib o‘tib, 
Hindistonga borish yo‘lining kashf etilishiga olib kelgan ikki qator 
ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo‘ldi. 
Hindistonga dengiz yo‘lini ochish uchun portugaliyaliklar bir 
necha bor ekspeditsiya uyushtirdilar va XV asr davomida Afri-
kaning G‘arbiy sohili bo‘ylab borgan sari janub tomon siljidilar. 
1486 yili Bartolomeo Dias boshchiligidagi Portugaliya flotiliyasi, 
dovul oqibatida Afrika sohillaridan uzoqlashib ketganiliga qara-
may, kutilmaganda Afrika materigining janubiy nuqtasi (Dobra-
ya Nadejda buruni) aylanib o‘tdi. O‘n ikki yildan so‘ng Vasko da 
Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hind okeaniga o‘tib, Hindis-
ton qirg‘oqlariga yetib bordi. Ispaniyada g‘arb yo‘nalishida ek-
speditsiya uyushtirildi. 1492 yili Xristofor Kolumb tomonidan 
Amerika kashf qilindi. 
Pedru Kabral va Amerigo Vespuchchi. Keyingi ekspeditsiyalar-
da Yangi Dunyo qirg‘oqlariga portugaliyalik Pedru Kabral va Flo-
rensiyalik Amerigo Vespuchchi yetib bordilar. Yangi qit’a Amerigo 
55



Vespuchchi nomi bilan Amerika deb atala boshlandi. Yevropaliklar 
ichida Tinch okeanini birinchi bo‘lib Peruga qulayroq yo‘l topish 
maqsadida 1513 yili Panama bo‘g‘ozini kesib o‘tgan konkvistador 
Nupes de Valboa ko‘rdi. 
Fernando Magellan. Xristofor Kolumbning g‘arbga qarab su-
zib, Hindistonga yetib borish fikrini ispan dengiz sayyohi Fer-
nando Magellan qo‘llab-quvvatladi va 1519-1521 yillari dunyo 
bo‘ylab birinchi aylanma sayohatini amalga oshirdi. U Amerika 
qirg‘oklari bo‘ylab janubga yurib, Amerika materigini Olovli Yer 
orolidan ajratib turuvchi tor bo‘g‘ozdan o‘tib Tinch okeaniga o‘tdi 
va Filippin orollariga yetib bordi. Shu yerda Magellanni tub xalq 
odamlari o‘ldirdilar. Magellan ekspeditsiyasining qoldiqlari Hind 
okeani orqali g‘arbga harakatlanib, Dobraya Nadejda burunidan 
o‘tib, Ispaniyaga yetib keldilar. 
Magellan dengiz sayohatlarining tarixiy ahamiyati shundan 
iborat ediki, Yerning shar shaklida ekanligi, yagona Dunyo okean-
ining mavjudligi va har qanday yo‘nalishda suzib, yerni aylanish 
mumkinligi uzil-kesil isbotlandi. Shu ekspeditsiya bilan buyuk 
geografik kashfiyotlarning birinchi va eng muhim bosqichi tu-
gallandi, desa bo‘ladi. Keyinchalik ingliz, golland va rus dengiz 
sayyohlari ko‘plab sayohatlar va kashfiyotlar qildilar, fanni va Yev-
ropa xalqlarining madaniyatini yanada boyitdilar. Lekin birinchi 
okean ekspeditsiyalarining ilmiy-tadqiqiy jihatlari to‘laligicha 
harbiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘ldi. Ularning hammasi aslida 
bir maqsadga - Sharq mamlakatlarining boyliklariga to‘g‘ri yo‘l 
bilan tez yetib olish, ularni qarshiliklarsiz egallab olishga qaratil-
gan edi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling