Iqtisodiy tarix faniga kirish


 XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada feodal shahar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.3. XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada feodal shahar, 
hunarmandchilik va savdo sotiq 
Hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralish jarayoni 
G‘arbiy Yevropada feodal shaharlarning paydo bo‘lishiga mod-
diy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘rta asrlarning boshlarida insonning 
xo‘jalik faoliyati to‘laligicha qishloqda jamlangan, hunarmand-
chilik dehqonchilikdan ajralmagan edi. To‘g‘ri, devorlar bilan 
o‘ralgan yirik aholi punktlari mavjud edi, lekin iqtisodiy jihatdan 
ular qishloqlardan farq qilmas, faqat ma’muriy va diniy markazlar 
vazifasini o‘tar edilar. 
Lekin XI asrga kelib, umumiy iqtisodiy yuksalish natijasida, hu-
narmandchilik va savdo - sotiq markazlari sifatida shaharlar vu-
judga keldi. Jamoaviy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan Rim 
davridan saqlanib kelayotgan eski shaharlar jonlandi, yangilari 
paydo bo‘ldi. Markazlashgan shaharlarning iqtisodiy va siyosiy 
hayoti aynan shaharlarda jamlana boshladi. Shaharlar iqtisodiy va 
madaniy rivojlanish timsoliga aylandi. 
XI-XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa feodallari bir necha bor Sharq 
yo‘nalishida yurishlar amalga oshirdilar. Ko‘plab ritsarlar, dehqon-
lar va shaharliklarni o‘z domiga tortgan salb yurishlari, umuman 
olganda, yevropaliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lishiga 
qaramay, Yevropa hayotida iz qoldirmay iloji yo‘q edi. Ular sharq 
davlatlari bilan G‘arbiy Yevropa o‘rtasida tovar-pul munosabatlar-
ining rivojlanishiga, buning natijasi o‘laroq Yevropa shaharlarin-
ing yanada o‘sishiga xizmat qildi. 
Shaharlar yanada mustahkamlana borib, yomg‘irdan keyin 
paydo bo‘lgan qo‘ziqorinlardek tez ko‘paya boshladilar. Faqat 
Germaniyaning o‘zida XIII-XIV asrlarda 700 dan ortiq shaharlar 
paydo bo‘ldi. G‘arbiy Yevropa shaharlarining ichidagi Italiyadagi 
Venetsiya, Genuya va Florensiya, Germaniyadagi Keln, Gamburg, 
Lyubek, Augsburg, Regensburg, Fransiyadagi Parij, Angliyadagi 
London va York kabi yirik savdo-sanoat markazlarini alohida aytib 
o‘tish kerak. 
Ularning aholisi ko‘p emas edi. Germaniyada 10-15 ming ahol-
isi bo‘lgan shaharlar o‘rtacha, 25-35 ming aholisi bo‘lganlari yirik, 
3 mingdan 5 minggacha aholisi bo‘lganlari esa mayda shahar-
lar hisoblanar edi, o‘rta asr shaharlari qulayliklarga ega emas edi. 
Ko‘chalari tor, qing‘ir-qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. 
Binolar yog‘ochdan qurilar, tez-tez yong‘in ostida qolar edilar. 
45



O‘rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan 
bo‘lib, ular esa qaram edilar. Shaharlarda avvaliga erkin hunar-
mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Le-
kin sekin-asta shaharlar o‘z erkinliklari va mustaqilliklari uchun 
kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogar-
lar, sudxo‘rlar va uy egalari qo‘liga o‘ta boshladi. 
Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy 
mashg‘uloti bo‘la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng 
keng tarqalgan turlari to‘qimachilik metallarni eritish va ularga 
ishlov berish edi. 
To‘qimachilik sohasida movut va dag‘al jun matolar ishlab 
chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G‘arbiy Yevropada 
Flandriya

va Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy 
markazlari edi. Sharq davlatlaridan o‘zlashtirib olingan shoyi ish-
lab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba’zi sha-
harlarida (Lion) rivojlandi. 
Qurol-yarog‘ ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. 
Uzluksiz urushlar ko‘p miqdorda qurol va yarog‘-aslaha talab 
qilardi. Metallga bo‘lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga 
olib keldi. Ochiq o‘choqlar o‘rnini yopik o‘choqlar egallay bosh-
ladi. Yopiq o‘choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish-
ish mumkin bo‘lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham 
metall olinadigan bo‘ldi. XV asrda deyarli barcha G‘arbiy Yevropa 
davlatlarida domna o‘choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda 
quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Yevropadagi o‘rta asr hunarmandchiligiga xos bo‘lgan jihat 
ishning sexlar ko‘rinishida tashkil etilishi bo‘lib, bu feodal tu-
zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb 
yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o‘z ustavi va say-
lanadigan ma’muriyati-oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o‘rta 
asr sexlarining to‘la huquqli a’zolari edi. Hunarmandchilik ustax-
onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar 
ham ishlar edi. 
Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo‘q bo‘lib, har 
bir hunarmand o‘z mahsulotini boshidan oxirigacha o‘zi tayyorlar 
edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonal- 

Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., 
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С. 
100. 
46


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
aridagi ishchilar o‘rtasida iqtisodiy tenglikni ta’minlash maqsa-
dida o‘rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla-
mentlash tartibi amalda bo‘lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, 
yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miq-
dori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat’iy belgilab 
qo‘yilgan. 
Shaharda hech kim, agar u sex a’zosi bo‘lmasa, biror bir hunar 
bilan shug‘ullanishga haqqi yo‘q edi. 
Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av-
val boshda progressiv ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki hunarmand-
larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta 
jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshladi. 
Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ish-
lab chiqarish kuchlarining o‘sishiga sun’iy to‘sqinlik qilar, raqo-
batni va hunarmandlarning tashabbusini bo‘g‘ib turar edi. 
XI-XV asrlarda ishlab chiqarish kuchlari va tovar ishlab chiqar-
ish rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ham kengaya bor-
di. Ayniqsa kompaniyadagi yarmarkalar mashhur edi. Uning oltita 
shahrida navbatma-navbat yarmarkalar tashkil etilar, bu yerga 
turli davlatlardan savdogarlar oqib kelardi. Savdogarlar va hunar-
mandlarni talon-tarojdan va yirik feodallar o‘z boshimchaligidan 
himoya qilish uchun shaharlar maxsus ittifoqlarga birlashganlar. 
Ulardan eng mashhuri Ganza ittifoqi bo‘lib, u butun Shimoliy Yev-
ropadan (Novgoroddan) Londongacha - o‘z filial va idoralariga 
ega edi. 
Turli vaqtlarda Ganzaga 70 dan 100 tagacha
1
, asosan nemis 
shaharlari birlashgan. Yevropada tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi XI-XV asrlarda, dastlabki banklar va qarz muomalalar-
ining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ba’zi ishbilarmon va savdoga-
rlar bankirlardan, ya’ni sudxo‘rlardan pul qarz olib ishlatardilar. 
Bank-kredit muomalalari va muassasalari eng avvalo Shimoliy 
Italiya shaharlarida rivojlana boshladilar. “Bank” atamasi italyan-
cha “banka” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, sudxo‘rning pul ayir-
boshlash stolchasini anglatadi. 

История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. 
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С. 136. 
47




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling