Iqtisodiy tarix faniga kirish


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. “Buyuk ipak yo‘lining” iqtisodiy ahamiyati ta’riflang? 
2. Amir Temur davridagi soliq tizimining xususiyatlari yoritib 
bering? 
3. Iskandar Zulqarnayning Sharqqa qarab yurishining iqtisodiy 
jihatlari nimadan iborat? 
4. Qadimgi Rimdagi shahar qullari bilan qishloq qullari 
o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
37



O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY 
RIVOJLANISHI 
Tayanch atamalar va iboralar: vassal-lenn, dominant, ben-
efitsiy, kolonlar, qul-servlar, villanlar, sudxo‘rlik, uy sanoati, “oltin 
tashnaligi”, “narxlar inqilobi”. 
■ Reja: 
3.1. V-X asrlarda G‘arbiy Yevropada feodalizmning rivojlanish 
xususiyatlari 
3.2. XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi 
3.3. XI-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada feodal shahar, 
hunarmandchilik va savdo sotiq 
3.4. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining vujudga 
kelishi. 
3.5. Buyuk geografik kashfiyotlar 
3.6. Yevropada “narxlar inqilobi” 
3.7. Jahon bozorining vujudga kelishi 
3.1. V-X asrlarda G‘arbiy Yevropada feodalizmning 
rivojlanish xususiyatlari 
G‘arbiy Yevropa feodalizmida 2 xil ijtimoiy tizim shakllangan 
edi: antik quldorlik tizimi va varvar quldor qabilalar tizimi. Ular 
orasidagi farq juda katta edi. Birinchi tizim juda rivojlangan edi
ikkinchisi esa sinfiy tarmoqqa ega emas edi. Bir tarafdan IV-V asr-
larda antik jamiyatda protofeodal elementlar paydo bo‘la boshla-
di, boshqa tarafdan esa ko‘pgina xalqlar o‘zaro ichki rivojlanishlar 
orqali feodalizmga kela boshladilar. 
Feodalizm tarixining ko‘pgina muammolari, shu bilan birga un-
ing davrlanishi yetarli darajada munozaralidir. So‘nggi paytlarda 
davrlanish qo‘yidagi tarzda deb belgilanmoqda; 
I. Ilk o‘rta asrlar V-IX asrlar. Bu davrda feodalizmning ilk shakl-
lari paydo bo‘ldi: yer yuqori tabaqa vakillari o‘rtasida taqsimlani-
shi yuzaga kela boshladi, erksiz dehqon qatlami shakllana bosh-
ladi, vassal-lenn munosabatlari vujudga keldi. 
38


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling