Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Qadimgi Gretsiya rivojlanishining asosiy xususiyatlari


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

2.2. Qadimgi Gretsiya rivojlanishining asosiy xususiyatlari 
Grek mustamlakachilik yo‘nalishlari 3 turga bo‘linadi. Birinchisi 
shimoliy va sharqiy Qora dengiz sohillari ochilgan yo‘llar. Bu yerda 
eng katta grek mustamlakalaridan Olviya (Buga ustesi), Xersones, 
Feodosiya va Pantikapey (Qrim), Fanagoriya (Kubani ustesi)
1
. Grek 
mustamlakachilik harakatining yana bir yo‘nalishi G’arb tomon Ap-
penin va Pireney yarimorollari tomon yo‘nalgan edi. Eng katta va 
asosiy grek mustamlakalari Italiya sohillarida va Sitsiliya orollarida 
edi. Mustamlakalarda kelib joylashgan greklar juda katta shahar-
lar barpo etdilar, jumladan Sirakuzi, Tarent, Neapolis, Messinu va 
b. Nihoyat, greklarning oxirigi yo‘nalishi janubga ya’ni Shimoliy 
Afrikaga yo‘nalgan edi. 
Gretsiyaning mustamlakachilik harakati uning boshqa davlat-
lar bilan savdo aloqalarini rivojlantirdi. Mustamlakachilik Gretsiya 
jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib va uning xo‘jalik hayoti-
ni kengaytirdi va eng ahamiyatlisi u quldorlik tuzumini yanada 
rivojlantirdi. 
So‘nggi, Gretsiya hayotida to‘rtinchi voqea bu eramizdan av-
valgi VI va IV asrlarda Afina quldorlik davlatini gullab yashnashi 
edi. Eramizdan avv. VI asrga kelib Gretsiyaning eng rivojlangan 
davlat - shahri Afina o‘rta Gretsiyaning janubi-sharqi Attikada joy-
lashgan edi. Attika uch tarafidan dengiz bilan o‘ralgan bo‘lib, qoy-
ali tog‘lar tashkil topgan bo‘lib dehqonchilik bilan shug‘ullanib 
bo‘lmasdi. Lekin u yer osti metallarga boy edi jumladan kumush, 
marmar va yuqori sifatli loyning mavjud bo‘lishi unda hunarmand-
chilik va savdo rivojlanishiga olib keldi. 
Eramizdan avv. VIII asrlarda Afinani boy zodagonlar (“Evpatrid” 
- oliyjanoblar) boshqarar edi. Ularning saralangan vakillari (arxon-
tam) va maslahat kengashi (arxeopaglar)ga qadimgi basilevslarn-
ing davlat boshqaruv vakolati tegishli edi. Evpatridlar borgan sari 
demoslarni eza boshladilar. Mustamlakachilik natijasida Attikada 
demoslar ichidan yangi savdo - sanoat tarmog‘i yangi sinf ajralib 
chiqa boshladi, bu yangi sinf o‘zi ham qul va kambag‘al sinfni 
siqib chiqara boshladi. 

Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., 
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. – 
С.28. 
31



Bu yangi quldorlar evpatridlarning o‘zboshimchaligi bilan kel-
isha olmasdi va yangi quldorlar o‘zlariga tarafdorlar yig‘a bosh-
ladilar. 
Afina o‘z kuch-qudratini grek - forslar (mil.avv.500-479y.) bilan 
bo‘lgan jangda katta o‘lja va asirlar bilan mustahkamlab oldi. Afi-
na butun grek davlatlar ittifoqini va Afina dengiz qo‘mondonligini 
tuzdi. Natijada Afina Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiy va siyosiy 
markaziga aylanadi. 
Eramizdan avv. V asrga kelib Afina iqtisodiy rivojlanishn-
ing cho‘qqisiga chiqdi, uning zamirida qullar mehnatidan keng 
foydalanish yotadi. Qullar xalq xo‘jaligining hamma sohalarida 
ishlatila boshlandi, jumladan qishloq xo‘jaligida, qurilishida, ke-
malarda hunarmandchilik ustaxonalarida, tosh konlarida va b. Er-
gasteriya - deb nomlangan hunarmandchilik ustaxonalarida qul-
lar mehnatidan keng foydalanilardi, ular metall buyumlar, sopol 
idishlar, qurollar va mebel, oyoq-kiyim, taqinchoqlar yasash bilan 
shug‘ullanishar edi. 
Vaqt o‘tishi bilan Afinaning tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, yangi 
imoratlar qad ko‘tardi, u o‘z zamonining hunarmandchilik va 
madaniyat markaziga aylandi. Afinaning Pirey gavani o‘z davrin-
ing mashhur savdo portiga aylandi. Chunki Pirey orqali Afina va 
boshqa grek polislari vino, alifa moyi, metallar va turli buyumlar 
olib chiqilardi va Pireyga non mahsulotlari, shirinliklar, qimmat-
baho buyumlar va fil suyagi, temir, mis va shunga o‘xshash turli 
xil mahsulotlar olib kelinar edi. Savdo bilan birgalikda, Gretsiyada 
pul almashtiruvchilardan chiqqan sudxo‘rlar paydo bo‘ldi. Metall 
pullar keng muomalaga qo‘yilgan edi. 
Lekin Afinaning rivojlanishi davomiy emas edi. Eramizdan avv. 
433 yilda Afinada Gretsiya janubidagi Sparta nomli kuchli aris-
tokrat quldor davlat bilan jang boshlandi. Bu jangda Sparta yutib 
chiqdi. Ikkala davlatning urushdan keyin kuchsizlanishi eramizdan 
avv. IV asrda Gretsiya shimolida joylashgan Makedoniya tomoni-
dan bosib olinishiga sabab bo‘ldi. 
Mashhur Makedon shohi Iskandar Zulqarnayn keyinchalik 
o‘zining g‘olibona yurishlari bilan Sharqqa qarab yo‘l oldi. Iskandar 
juda katta imperiya tuzdi lekin u katta bo‘lgani bilan juda tarqoq 
edi shuning uchun u tezda mayda-mayda davlatlarga ajralib ketdi. 
Shundan so‘ng antik dunyoning siyosiy hamda iqtisodiy markazi 
32



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling