Iqtisodiy tarix faniga kirish
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muruvvatli jahongir
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan:
“Qaysi amirga tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o‘z holiga qo‘ysinlar. Uch yil o‘tgandan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo‘lsa, ul viloyat holisa (davlat ixti- yoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv)ga o‘tkazilib, uch yilgacha o‘sha jog‘irdorga ulufa berilmasin”. Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to‘plangan mol-dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: “To‘plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho 26 2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI buyumlarni sipohlarga taqsimlab berdim. Qo‘shinga yetarli dara- jada ozuqa berdim”, degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol haqi- da: “Ular menga Xorazmga borishimni maslahat berdilar. Agar g‘alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim”, - deydi. XIROJ Ma’lumki, xiroj yer solig‘i uchun va umuman daromad solig‘i uchun qo‘llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. Shuningdek, xirojni “mol” deb ham atashgan. “Raiyatga haq-nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi”, - degan edi sohibqiron. Muruvvatli jahongir: “Kimki mening xizmatimni qilgan bo‘lsa, xizmat haqini ado et- dim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og‘aynilar, qo‘ni-qo‘shnilar va men bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan barcha odamlarni dav- latu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etdim”,-deydi. Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, bazmlarda o‘z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson ishlari bilan odamlarning ko‘nglini ol- gan. Sipoh va raiyatga bir ko‘z bilan qarab, bahodirlar, dovyurak- larga maxsus faxriy o‘tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o‘qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko‘tartirdi. Har el va har mamlakatning ulug‘larini, boshliq-oqsoqollarini qadr- ladi. Ularga sovg‘a-salomlar berib, xizmatlaridan foydalandi. Si- pohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini so‘rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo‘lidan chiqib ketgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazina- dan yetarli miqdorda oltin berilgan. U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal’a boshlig‘i zimmasi- ga yuklangan. Soliq olish Qur’oni karim ta’limotiga muvofiq edi. Hadis va “Hidoya” kitoblarida bu to‘g‘rida to‘la ma’lumotlar beril- gan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni 27 og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanilgan. Amir Temur “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o‘z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo‘lsa, ularning roziligi bilan ish ko‘rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig‘sinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O‘sha mamlakatdan tushgan o‘lja mollarni hisob-ki- tob qilsinlar”. Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo‘lgan. Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat’iy olib borilgan, taftish yo‘lga qo‘yilgan edi. Buning uchun ma’lum mas’ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar. A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari “Temur tuzuklari”da to‘la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig‘idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qism- dan iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustah- kamlash, qo‘shni yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yor- itilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalar, shu jumladan ijtimoiy- iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. A.Temur mamlakatda gadoylar bo‘lmasligi kerak, degan qoida- ga amal qilgan va uning yo‘lini ham belgilab bergan. Gadoylar- ning barchasi to‘plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim- kechak berilgan, ular biror foydali ish bilan shug‘ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko‘pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko‘rgan. Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 2.1.4. Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug‘bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‘bek (1394-1449 yy.) podsholigi (1409-1449 yy.) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha “daryo ortidagi” (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti 28 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling