Iqtisodiy tarix faniga kirish


 IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

2.1.2. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo 
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg‘or ijtimoiy tafakkurning 
Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur 
hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. 
Buyuk ipak yo‘li, Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, 
Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va G‘arbiy Yevropa bilan chambarchas 
bog‘lar edi. Bu esa karvon yo‘li orqali minglab odamlar, ot-ulov-
20


2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI 
lar, turli-tuman tovarlarning qarama-qarshi harakati, almashuvini 
vujudga keltirdi. 
O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy-
madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan 
minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqti-
sodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropada-
gi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni yaxshi bilmay turib, uzoq va 
xatarli yo‘lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog‘u toshlar-
dan, qum cho‘llardan olib o‘tish osonmidi, buning uchun ma’lum 
qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. 
Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan 
nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi mamlakatlar, xalqlar talab-
ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, 
matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falaki-
yot) va boshqa ko‘pgina fanlar rivojlandi. 
2.1.3. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat 
barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, 
qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga 
kiritildi. Bunga to‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy 
siyosat yordam berdi. 
Amir Temur (1336-1405 yy.) davlat va iqtisodiyotni boshqa-
rishda o‘ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni 
buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi 
boshqarma bo‘lgan. U davlatning barcha ishlarini: soliq yig‘ish, 
tartib saqlash, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv 
inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. 
Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaq-
ti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib 
borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshiril-
gan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu 
ish to‘ppa-to‘g‘ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Sav-
dogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin 
bo‘lgan. 
Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat 
ko‘rsatgan
1


Темур тузуклари. – Т.: “O’zbekiston” 2015. –Б.123. 
21



● Birinchi vazirga yer soliqlari, 
boj, o‘lpon-soliq undirish ham- 
da mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mam-
lakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat 
ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni 
taqsimlagan. 
● Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maosh-
lari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga 
beriladigan in’om ma’nosida)larni boshqargan. 
● Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlar-
ga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulki-
dan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, 
bularning barchasida to‘plangan daromadlarni omonat tarzida 
saqlagan. Agar g‘oyib bo‘lganlar va vafot etganlarning mol-mulki 
bo‘lsa, ularni o‘z merosxo‘rlariga topshirgan. 
● To‘rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‘lib, u 
saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf 
qilingan xarajat, xatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga 
qilingan xarajatlardan ogoh bo‘lib borgan. Vazirlar Devonbegiga 
bo‘ysungan. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling