Iqtisodiy tarix faniga kirish


Verner Zombart (1863 – 1941 yy.)


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

Verner Zombart (1863 – 1941 yy.) 
Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart “Zamonaviy kapi-
talizm” (1902 y.), “Burjua” (1913 y.), “Germaniyaning XIX asr va XX 
asr boshlarida xalq xo‘jaligi” (1923 y.) kabi asarlarida kapitalizm-
ning paydo bo‘lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig-
ini uqtiradi va uning rivojlanishini uch bosqichda ko‘rib chiqish 
zarur, deb biladi, bular: individual, o‘tish va ijtimoiy. Mezon sifati-
da u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya’ni qadimdagi uy 
xo‘jaligining to‘liq avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo-
tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o‘zining iqtisodiy ta-
moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda “o‘ziga ovqat topish” 
tamoyili asosiy hisoblanadi, kapitalizm uchun esa “muvaffaqi-
yatga erishish, manfaatparastlik” xosdir. V.Zombart, shuningdek, 
o‘zining kapitalning dastlabki jamg‘arilishi nazariyasini yaratishga 
harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini 
qayd etdi. G‘arbiy Yevropa iqtisodiy tarixi bo‘yicha asar yozish uchun 
juda katta faktik material to‘plagan. 
Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.) 
Yozef Aloiz Shumpeter kelib chiqishi avstriyalik bo‘lgan yirik 
amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925-1932 yillarda Bonn uni-
versitetining professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard 
universitetining professori. Shumpeter Garvard biznes maktabi-
ning asoschilaridan biri bo‘lib, u yerda 30-yillarda tadbirkorlik 
tarixini o‘rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning asosiy asar-
lari; “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (1911), “Iqtisodiy sikllar: 
kapitalistik jarayonlarni nazariy, tarixiy va statistik tahlil qilish” 
(1939), “Kapitalizm, sotsializm, demokratiya” (1942), “Iqtisodiy 
tahlil tarixi” (1954). 
Shumpeter nazariyotchi olim bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy sikl-
lar ta’limoti tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga mu-
vofiq sikllar iqtisodiy o‘sish obyektiv qonuniyati sifatida ko‘rilgan. 
Uning deyarli barcha asarlari faqatgina nazariy emas, balki tarixiy 
va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol uchun, “Kapi-
talizm, sotsializm, demokratiya” kitobida u kapitalizm va sotsia-
lizm dinamikasini katta tarixiy istiqboli fonida ko‘rib chiqmoqchi 
bo‘lgan. Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat to-
monidan tartibga solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi 
to‘g‘risidagi xulosa ham unga tegishlidir. 
13



Urushdan keyingi davr G’arb tarixografiyasida iqtisodiy tarix 
ulushining oshib borishi va katta hajmdagi faktik material-
lar to‘planishi bilan ajralib turardi. Texnika, texnik ixtirolar, tex-
nologiyalar, alohida iqtisodiy hodisalar tarixi o‘rganildi. Sanoat, 
shu jumladan, alohida korxonalar, tarmoqlar tarixi, ichki va tashqi 
savdo, transport, fan va boshqalar tarixi tadqiq etildi. Demografik 
o‘zgarishlar, ish kuchi bozorlarining shakllanishi, mehnat unum-
dorligi o‘sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, aholining 
moddiy sharoitlariga bag‘ishlangan ishlar ko‘plab chop etildi. 
Rus tarixografiyasida xorijiy mamlakatlar, birinchi navbat-
da Angliya va Fransiyaning agrar muammolariga katta e’tibor 
qaratilar edi (D.G.Vinogradov, M.M.Kovalevskiy, P.V.Luchitskiy, 
N.I.Kareev, D.M.Petrushevskiy, A.N.Savin va b.). I.M.Kulishevning 
ishlari qadimgi Gretsiya va G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga 
bag‘ishlangan edi. 
Sovet ittifoqi tarixchilari asarlarida antik davr (V.I.Kuzishin, 
I.M.Shtraerman), 
o‘rta asrlar 
(A.D.Udalsov, 
S.D.Skazkin, 
E.A.Kosminskiy, 
M.A.Brag), Angliyaning yangi 
tarixi 
(V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya (V. I. Rutenburg), Fran-
siya (A.D.Ayublinskaya), Germaniya (M.M.Smirin), Niderlandiya 
(A.N.Chistozvanov) tarixi tahlil etilgan. Shuningdek, qator o‘quv 
manbalarini qayd etib o‘tish lozim, misol uchun V.T.Chuntulova, 
V.G.Saricheva tahriri ostida yozilgan “Kapitalistik mamlakatlar 
iqtisodiy tarixi” va F.Ya.Polyanskiy, V.A.Jamina tahriri ostida yozil-
gan “Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi”. Shu bilan birga 
80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon 
ilm-fanining rivojlanishdan ajralganlik, tadqiqotlar xulosalari maf-
kuraviy yo‘naltirilganligi, mxolifatning yo‘qligi, manbalardan uzi-
lish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli edi. 
Shu bilan birga AQShda iqtisodiy tarix fanining rivojlanishi 
biroz boshqacha edi. 
“Yangi iqtisodiy tarix” uchun EHM yordamida statistik usullar 
bilan tadqiqotlar o‘tkazish xosdir. Bu maktabning namoyondalari 
amerikalik olimlar A.Konrad, Dj.Meyer, R.Fogel va S.Engermanlar 
edi. Ular asosan quyidagi ikki muammoga e’tibor qaratishardi: 
AQSh Janubida quldorlik iqtisodiyoti va XIX asr oxirida mamlakat 
iqtisodiyotining rivojida temir yo‘l qurilishining ahamiyati. Iqti-
sodiyot rivojlanishining muxolif jihatlarining real voqelikdan farqi 
tadqiqotlarining asosida yotar edi. 
14


1-MAVZU. IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH 
Misol uchun, tadqiqotlarda quyidagi holatlar mavjud bo‘lishi 
mumkin deb taxmin qilinardi: 1861-1865 yillarda AQShda fuqaro-
lar urushi bo‘lmagan, quldorlik bekor qilinmagan yoki temir yo’llar 
u paytda hali bo‘lmagan. Shunday tamoyillar asosida yaratilgan 
model real voqelik bilan solishtirilardi va taqqoslash natijasida 
XIX asr ikkinchi yarmida quldorlik yoki keng miqyosda temir yo‘l 
qurilishi samaradorligi darajasi to‘g‘risida xulosalar qilinardi. 
Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga uchradi, lekin hozirga kelib 
quldorlik iqtisodiyotining samaradorligi u haqida o‘ylangandan 
ancha past ekanligi, temir yo‘l qurilishi esa iqtisodiyotda muhim 
rol o‘ynashida hech kimda shubha qolmadi. 
Shunday modellarning asosiy kamchiligi faraz qilinayotgan 
vaziyatni oldindan ko‘ra bila olmasligidadir, umuman olganda 
real iqtisodiyotni to‘liq aks ettirib turuvchi modelni yaratish imko-
ni yo‘qdir. XX asrning 70-yillarida “yangi iqtisodiy tarix” iqtisodiy 
rivojlanishning uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilish ishlari 
bilan qo‘shilib ketdi. 
Iqtisodiy dinamikaning tahlil yo‘nalishi XIX asrning oxiri XX 
asr boshlarida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishning shakllanishi 
va rivojlanishiga rus va sovet olimlari (M.I.Tugan-Baranovskiy, 
N.D.Kondratev, E.S. Varga, I.A.Traxenberg va b.), ingliz (S.Djevons), 
fransuz (A.Aftalon) va boshqa olimlar katta hissa qo‘shganlar. 
1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi tashkil 
etilib, u iqtisodiy sikllar va iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojla-
nishini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy mak-
tab XX asrning 60-70-yillariga kelib o‘sha davrdagi iqtisodiy 
rivojlanishni miqdoriy tahlil qilish bo‘yicha juda boy materialni 
o‘zlashtirdi. Natijada iqtisodiy rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar 
birinchi o‘ringa chiqdi, garchi boshqa mavzular ustida (ish haqi-
ning uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon xo‘jaligi alo-
qalari rivojlanishining tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar 
olib borilgan bo‘lsa ham. 
Yangi iqtisodiy tarixning sintezi va uzoq muddatli iqtisodiy 
rivojlanish tendensiyalarining tahlili sifatida XX asrning 70-y-
illarida iqtisodiy tarixda yangi yo‘nalish vujudga keldi. Amalga 
oshirilayotgan tadqiqotlar miqyosi keng bo‘lib, u tadqiqot davri, 
iqtisodiyot sektori va iqtisodiy jarayonlar tiplarini tanlanishi bilan 
bog‘liq edi. Iqtisodiy o‘sish muammosi va unga ta’sir etuvchi turli 
omillar tahlili ustuvor ahamiyatga ega edi. Masalan, ilmiy-texnika 
15



taraqqiyoti, texnologiyani yangilash, moliya tizimi evolutsiyasi, 
xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda dav-
latning iqtisodiyotdagi rolini baholash, mehnat munosabatlari 
evolutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili va boshqa shu kabi mavzular 
bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan edi. Eng ko‘zga tashlanadigan 
ishlardan ba’zilari: U.Rostouning “Jahon iqtisodiyoti”, unda XVIII 
asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga 
harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning “Moddiy sivilizatsiya, 
iqtisodiyot, kapitalizm. XV-XVIII asrlar” asarida kapitalistik iqti-
sodiyotning genezisi tadqiq etilgan edi. 
Shunday qilib, tarixiy-iqtisodiy tadqiqotlar zamonaviy g‘arb 
fanining muhim qismi hisoblanadi, kapitalizm davriga nisbatan 
olinganda tadqiqotlar iqtisodiyot fani tomon siljigan, shunga 
qaramasdan, tarixiy tadqiqotlar g‘arb tarixchilari uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling