Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

1.3. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi 
Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, 
madaniy yodgorliklar va yozuvlar, qonunlar to‘plamlari, ma’muriy 
va yuridik hujjatlar, statistik ma’lumotnomalar kiradi. 
G‘arb iqtisodiyoti “burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan 
kurashning asosiy shakli” deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina 
ba’zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot tex-
nikasi, manbalarni sinchiklab o‘rganishi, matematik metodlardan 
foydalanish va ba’zi boshqa metodlar. 
9



Turli davlatlarning iqtisodiy tarixi muammolari ingliz, fransuz, 
nemis tarixografiyasida ko‘rilgan. 
Angliyada iqtisodiy tarixning asoschilaridan biri Arnold Toynbi

(1852-1883 yy.) hisoblanadi. Uning Buyuk Britaniyada sanoat 
to‘ntarilishi tarixi bo‘yicha ma’ruzalari muvaffaqiyat qozongan. 
Uning “XVIII asrda Angliyada sanoat to‘ntarilishi” (1884 y.) kitobida 
XVIII va XIX asr davomida Britaniya iqtisodiy tarixi bo‘yicha birin-
chilardan bo‘lib tadqiqotlar olib borilgan edi. A.Toynbi o‘zining 
jamoat faoliyatida ishchilar sinfi manfaatlarini himoya qilgani bi-
lan shuhrat qozongan. U ijtimoiy qonunchilik, davlatning mehnat 
va kapitalga aralashuvi, korxonalardagi ixtiloflarni bartaraf etish 
tarafdori edi. 
Fransiya 
Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 – 1889 yy.) Fransiya tarixini 
o‘rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor-
gan. Uning asosiy ishi – “Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining 
tarixi” (1875-1892 yy.), unda muallif G‘arbiy Yevropada feodalizm-
ning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o‘rta asrga 
o‘tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-qadam almashinishi 
deb aytgan. 
Fyustel de Kulanj shuni ta’kidlab o‘tdiki, Yevropa sivilizatsiya-
sining asosini faqat Rim jamoat institutlari tashkil qiladi va ular-
da umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo‘lmagan, chunki 
u tarixiy faktlarga to‘g‘ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar 
sohalarga katta e’tibor qaratgan, u birinchilardan bo‘lib o‘rta asr 
Fransiya agrar tarixini o‘rgangan. U hujjatli materiallar bo‘yicha 
mashhur bilimdon bo‘lib, uning ko‘pgina asarlarida ixtiyoriylik va 
muayyan bir g‘oya mavjud edi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling