Iqtisodiy tarix faniga kirish
Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886–1944 yy.)
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Labrus Ernest Kamil (1895–1972 yy.)
- Fernan Brodel (1902–1985 yy.)
Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886–1944 yy.)
Mark Blok “Annal” maktabining asoschilaridan biri bo‘lib, Yevropa zamonaviy tarixografiyasiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning asosiy asarlari G‘arbiy Yevropa feodalizmiga bag‘ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri “Fransuz agrar tarixining o‘ziga xos xususiyatlari”dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. Blok o‘rta asr dehqonchiligining xilma-xil- 1 Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. – Т.: «Университет», 2003.- С.7. 10 1-MAVZU. IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH ligi g‘oyasini olg‘a suradi. U ko‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o‘rganishga harakat qilgan. Labrus Ernest Kamil (1895–1972 yy.) Uzoq yillar davomida Sorbonda ijtimoiy va iqtisodiy institutga boshchilik qilgan. Uning asosiy asarlari Fransiyaning XVIII va qis- man XIX asrlardagi iqtisodiy tarixiga bag‘ishlangan. Ularda narxlar harakati, daromadlar, iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadi- gan o‘sish va inqirozlar tarixi yoritilgan. U birinchi darajali ahami- yatga pul muomalasi muammolarini, taqsimlash, texnika rivojlani- shi masalalarini qo‘ygan. Fernan Brodel (1902–1985 yy.) Fernan Brodel jahon miqyosidagi haqiqiy yulduz hisoblanadi. U XX asr iqtisodiy tarixining eng ko‘zga ko‘ringan namoyodalari- dan biridir. Brodel XVI asrda O‘rta yer dengizi tarixi bo‘yicha tezis- larni ishlab chiqqan. Bu tezislar uchun unga 1947 yilda Sorbonada doktorlik darajasi berilgan, 1949 yilda bu tezislar “Fillipp II davri- da O‘rta yer dengizi va o‘rta asr dunyosi” nomli kitobda nashr etilgan. Bu kitob O‘rta yer dengizining o‘sha davrdagi geografiya- si, qishloq xo‘jaligi, texnologik, diniy va intellektual muhiti to‘g‘risidagi qomusiy asar edi. 1956 yildan 1968 yilgacha F. Brodel “Solnoma: iqtisodiyot, jamiyat, sivilizatsiya” nomli jurnalning mu- harriri bo‘lib ishlagan. F.Brodelning ikkinchi muhim asari uch tomli “Moddiy sivili- zatsiya, iqtisodiyot, XV-XVIII asr kapitalizmi”dir. Bu kitobda dunyon- ing ijtimoiy va iqtisodiy tarixi o‘rta asrdan sanoat to‘ntarilishigacha bo‘lgan davrgacha bayon qilingan. F.Brodel insoniyatning ulkan faoliyati va voqealarni tavsiflab, nima uchun G‘arbiy Yevropada birinchi bo‘lib sanoat to‘ntarilishi bo‘lganini tushuntirib berishga harakat qilgan. U kapitalizmning paydo bo‘lish vaqti yoki “kapi- talizm arafasi”ni XIII asr deb bilgan, zamonaviy jamiyat esa uning fikricha, XVIII asr oxirida shakllangan, ammo bu jarayonning dast- labki shart-sharoitlari 6-8 yuz yilliklarda yuzaga kelgan. 11 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling