Iqtisodiy tarix faniga kirish
Iqtisodiy tarixning asosiy metodlari
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
Iqtisodiy tarixning asosiy metodlari:
1) tarixiylik; 2) mantiqiylik; 3) tasniflash; 4) xronologik; 5) tarixiy taqqoslash; 6) tarixiy moddellashtirish; 7) matematik statistika; 8) ijtimoiy psixologik. 8 1-MAVZU. IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH Iqtisodiy tarix juda ko‘p ijtimoiy fanlar (birinchi navbatda jahon tarixi) bilan bog‘liq. Iqtisodiy tarixni bilmasdan turib o‘tgan davr- larda bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealarning asl mohiyati va kelajak- ning siyosiy tendensiyalarini oxirigacha anglash mumkin emas. Iqtisodiy tarixning jahon tarixi bilan bog‘liqligi shundaki, ular- ning ikkalasi ham hodisalarni evolutsion jarayonida o‘rganadi, le- kin jahon tarixining predmeti ancha kengdir. Jahon tarixi sivilizatsiyaning umuman o‘zgarishini, iqtisodiy tarix esa iqtisodiy jarayonlardagi o‘zgarishlarning xo‘jalik faoliya- tini o‘rganadi. Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariya bilan bog‘liqligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Agarda birinchisi tadqiqotning tarixiy me- todiga asoslansa, ikkinchisi esa mantiqiy-iqtisodiy metodga asos- lanadi, ammo ularning ikkalasi ham o‘zaro bog‘langan. Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariyadan farqi shundaki, iqtisodiy tarix turli iqtisodiy hodisalarni turli iqtisodiy davrlarda ko‘rib chiqadi, u asosiy e’tiborni uning qonuniyatlariga beradi, iqtisodiy nazariya esa jamiyatni nazariy tahlil etish bilan shug‘ullanadi va asosan tadqiqotning mantiqiy-abstrakt va matematik metodlaridan foy- dalanadi. Nazariy abstraksiyasiz iqtisodiy tarix nazariy asosdan ayrilib qoladi. O‘z navbatida iqtisodiy nazariya iqtisodiy-tarixiy umum- lashtiruvsiz, dalil-isbotsiz fanga aylana olmaydi. Demak, ularning teng miqdorda rivojlanganligi talab etiladi. Shuningdek, iqtisodiy tarix iqtisodiy ta’limotlar tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani- dagi olimlarning fikrlarini tahlil etish va sharhlash ma’lum bir yuz berayotgan iqtisodiy hodisalar bilan bog‘langandir. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling