Iqtisodiy tarix faniga kirish
Qadimgi Rim iqtisodiy rivojlanishining asosiy bosqichlari
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
2.3. Qadimgi Rim iqtisodiy rivojlanishining asosiy bosqichlari
Qadimgi Rim tarixi dunyo tarixining eng muhim bosqichlari- dan biridir. Uning misolida quldorlik jamiyati va davlatining pay- do bo‘lishi, gullab yashnashi va yemirilishini ularning eng yetuk klassik shakllarida kuzatish mumkin. Rimliklar moddiy va ma’naviy madaniyatni yangi, yanada yuqoriroq darajaga ko‘tardilar, ba’zi bir faoliyat sohalarida esa tengsiz yutuqlarga erishdilar. Rim eramizdan avvalgi 754-753 yillarda Apennin yarimorolining o‘rta qismida 1 , Tibr daryosi bo‘yida, kichik bir aholi punkti sifatida paydo bo‘ldi. Avvaliga Rim aholisi ibtidoiy jamoa shaklida hayot kechirdi. Jamoa a’zolari faqat dehqonchilik bilan shug‘ullanardilar. Chunki Apennin yarimorolining, boshqacha qilib aytganda Itali- yaning, iqlimi va tuproq sharoitlari shunga juda mos edi. Sekin- asta Rim jamoasi yemirila boshladi va eramizdan avvalgi VI asr o‘rtalarida Rimdagi eski urug‘doshlik tuzumi buzilib ketdi. Uning o‘rnida Rim zodagon respublikasi ko‘rinishida quldorlik davlati paydo bo‘ldi va u bir qator urushlar natijasida qo‘shni yerlarni ham o‘ziga bo‘ysundirib oldi. Eramizdan avvalgi III asrga kelib bu- tun Italiya Rim ixtiyorida bo‘lib qoldi. Rim quldorlik Respublikasining qudrati eramizdan avvalgi III asr o‘rtalaridan deyarli II asr o‘rtalarigacha davom etgan punik urushlar 2 natijasida yanada mustahkamlandi. Rim bu urushlarni Karfagenning shimoliy Afrikadagi yirik quldorlik davlatiga qarshi olib bordi. Karfagen davlati mag‘lubiyatga uchradi. Ko‘p o‘tmay rimliklar Gretsiya, Makedoniya hamda Pireneya yarimorolini zabt etadilar. Rim o‘rta yer dengizi basseynidagi ko‘pgina davlatlarga o‘z hukmronligini o‘tkaza olgan ulkan davlat markaziga aylanadi. Rim davlati o‘z hududlarini kengaytirish davomida bir qa- tor iqtisodiy o‘zgarishlarni ham boshidan kechirdi. Mamlakat xo‘jaligida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu ayniqsa quldorlikn- ing o‘ta rivojlanishi va kengayishida kuchliroq namoyon bo‘ldi. 1 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.108. 2 Punik urushlar – rimliklar va karfagenliklar (“punlar”, ya’ni finikiyaliklar) o‘rtasida ma’lum bir tanaffuslar bilan e.a. 264-146 yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan uchta urushlar. Urushda Rim g‘olib chiqdi va Apenin va Iberiya yarimorollarida o‘z holatlarini mustahkamladi va Karfagen orolini bosib oldi. 35 Eramizdan avvalgi II asrdan boshlab quldorlikka asoslangan ishlab chiqarish asosiy o‘rinni egallaydi. Xo’jalikning hamma sohalarida qullar ishlatilardi. Rimda quldorlikning asosiy manbasi urushlar edi. Biror mam- lakatni zabt etgan rimliklar aholining bir qismini o‘ldirib, qolgan- larini qulga aylantirardilar. Ayniqsa punik urushlardan keyin juda ko‘p asirlar qulga aylantirilgan edi. Yuz minglab karfagenliklar va boshqa O‘rta yer dengizi davlatlarining aholisi rimliklarning qul- lariga aylandilar. Yana qarzdorlik qullikni meros qilish, dengiz qa- roqchiligi kabilar quldorlik manbalari bo‘lib xizmat qilgan. Eramizdan avvalgi II va ayniqsa I asrda Rim qadimgi davrning eng rivojlangan quldorlik davlatiga aylanadi. Qul mehnati erkin mehnatni to‘laligicha siqib chiqardi; qullar asosiy ishlab chiqar- ish vositasiga aylanib qoldi, Qadimgi Rimdagi qullarning umumiy sonini aniqlashning iloji yo‘q, lekin shunisi aniqki, qullar soni erkin odamlar sonidan ancha ko‘p bo‘lgan. Masalan, eramizdan avvalgi I asr oxirida Rim aholisining umumiy soni 1 mln 500 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, shundan 600 mingi erkin, 900 mingi esa qullar bo‘lgan. Alohida xususiy kishilarga tegishli bo‘lgan bu qullarning sal- moqli qismi ikki asosiy guruhga bo‘lingan: shahar qullari va qishloq xo‘jalik qullari. Shahar qullari ichida turli kasb egalari - to‘quvchilar, tezyurarlar, yuk tashuvchilar, oshpazlar, tan soqchilari, o‘qituvchilar, akterlar, musiqachilar, mirzalar bo‘lgan. Ko‘pchilik qullar ustaxonalarda, ruda va tosh konlarida ishlatilganlar. Qullarning ko‘p qismi Rim iqtisodiyotida asosiy ahamiyat kasb etadigan qishloq xo‘jaligi sohasida band edi. Qul mehnati negiz- ida Rimda ko‘p miqdorda katta quldorlik xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. Ular latifundiyalar deb atala boshlandi (latus - keng, katta, fun- dus – yer-mulk, xo‘jalik). Quldorlik latifundiyalari qul mehnatining arzonligi va oddiy kooperatsiyaning afzalliklari natijasida erkin dehqonlarga nisbatan kam xarajat bilan mahsulot ishlab chiqa- rardilar. Bu Italiyadagi mayda erkin dehqonchilikning xonavayron bo‘lishi va siqib chiqarilishga, ularning qullikka mubtalo bo‘lishiga yoki shahar aholisining lyumpen deb ataluvchi qashshoq qatlami- ga kelib qo‘shilishiga olib keldi. 36 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling