Iqtisodiy tarix faniga kirish


II.Yuqori o‘rta asrlar X-XIII asrlar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

II.Yuqori o‘rta asrlar X-XIII asrlar. 
Bu davrda dominant xo‘jalikning shakllanishi, feodal ierarxiyas-
ining vujudga kelishi, hunarmandchilik va savdoning birmuncha 
rivojlanishi ro‘y berdi. Shuni aytib o‘tish kerakki XIII asrda G‘arbiy 
Yevropada o‘ziga xos feodalizm rivojlanishi ro‘y bera boshladi. XIII 
asrgacha deyarli barcha hududlarda iqtisodiyotning rivojlanishi 
ro‘y berdi, minglab shaharlar paydo bo‘ldi va ularning ko‘pchiligi 
o‘zini-o‘zi boshqarishga o‘tdi. 
Bu shaharlarda yuzlab ixtisoslikka ega bo‘lgan hunarmand-
lar ishlardi, ko‘pgina sexlar va gildalar paydo bo‘ldi. Qishloq 
xo‘jaligida ish qurollarining takomillashishi ro‘y berdi, ichki mus-
tamlakaga aylantirish ro‘y berdi hamda o‘z navbatida o‘rmonlarni 
kesish, melioratsiya ishlari boshlab yuborildi. Iqtisodiy rivojlanish 
natijasida aholining 2-3 barobarga o‘sishi sodir bo‘ldi. 
III.So‘nggi o‘rta asrlar XIV-XVII asrlar. 

Feodal yer munosabatlari asta-sekin yo‘q bo‘la boshladi yoki 
dominant xo‘jalik butunlay yo‘q bo‘la boshladi dehqonlarning 
shaxsiy ozodlikka erishishi jarayoni ro‘y bera boshladi, feodal 
ierarxiyaning amalga kirish jarayoni boshlandi. Feodal tizimning 
inqirozga uchrash alomatlari paydo bo‘lib, ilk kapitalizmning alo-
matlari paydo bo‘ldi. 
Yer fondlarining tugashi munosabati bilan yer mukofotlari 
- benefitsiylar abadiy berilmaydigan, balki xizmat muddatiga 
yoki umr oxirigacha beriladigan bo‘ldi va keyinchalik xizmatdagi 
boshqa kishilarga berilishi mumkin qilib belgilandi. IX-X asrlar 
davomida benefitsiylar umr oxirigacha beriladigan shakldan me-
ros qoldiriladigan yo‘lga aylana bordi va majburiy harbiy xizmatda 
bo‘lish bilan bog‘liq shartli merosiy mulk sifatida feod

shaklini 
ola boshladi. 
Bu islohot, birinchidan, harbiy tashkilotning asosi bo‘lib qol-
gan mayda va o‘rta feodallar qatlamini mustahkamladi; ikkinchi-
dan, feodal yer mulkdorligini mustahkamladi va yer odatda shu 
yerda yashagan odamlari bilan birga beriladigan bo‘lgani uchun 
dehqonlarning qaramligini kuchaytirdi; uchinchidan, yer beruvchi 

Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.-
С.36. 

Feod – seniyor tomonidan vassalga taqdim qilingan yerlar 
39



va yer oluvchi o‘rtasida yer munosabatlarini keltirib chiqarib, vas-
sal munosabatlarning qaror topishiga sabab bo‘ldi. 
Qirol votchinasining qaram dehqonchiligi asosiy uch guruxga 
bo‘linar edi: 
● kolonlar, yoki chorakorlar, ular ko‘pchilikni tashkil etishardi 
- shaxsan erkin, ammo yer qaramligida bo‘lganlar: 
● qul-servlar - shaxsan va yer qaramligida bo‘lganlar; 
● litlar - o‘rta holatdagilar - qaysidir feodalning homiyligida 
bo‘lib, yer ulushidan merosga qoldirish huquqi bilan foydalanu-
vchilar. 
Bunday farqlar asta-sekin yo‘qola borib, dehqonlar bir xil 
qaram odamlarga aylana bordilar. Ularning hammasi to‘lov to‘lab, 
feodalga tekin ishlab berishga majbur edilar. 
Xo‘jaliklar tabiiy bo‘lib, hunarmandchilik mehnati dehqonchilik 
bilan birlashgan edi. Mahsulotning deyarli hammasi votchinaning 
o‘zida ishlatilar, har zamonda ortiqcha mahsulot sotilar va votchi-
nada ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan mahsulotlargina sotib 
olinar edi. Ammo savdo - sotiq iqtisodiy hayotning umumiy dara-
jasiga sezilarli ta’sir etmas edi. 
XI asrda feodal-qaram dehqonchilikning shakllanishi tugallan-
di. Sen’orlarga shaxsan va yer qaramligida bo‘lgan servlar asosiy 
qatlam bo‘lib qoldilar. Dehqonlar villanlar deb atalmish, shaxsan 
erkin, lekin yer va suv qaramligida bo‘lgan kichik guruhi saqlanib 
qoldi. 
X-XIII asrlar uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va 
qishloq xo‘jaligining mahsuldorligini oshirishda yuksalish xususi-
yatlidir. Yerga ishlov berish yaxshilandi. Uch dalalik uslubi tarqaldi. 
Bo‘sh yerlar va o‘rmonlarni o‘zlashtirish - ichki mustamlakalashti-
rish keng tarqaldi. 
Ekin maydonlarining kengayishi va hosildorlikning ko‘tarilishi 
mehnat unumdorligining oshishiga hamda qo‘shimcha mahsulot 
yaratilishiga olib keldi. Sen’orlar uchun rentani dehqon hosilin-
ing bir qismi sifatida olish foydali bo‘lib qoldi. Shuning uchun 
XII-XIII asrlarda ular tekin ishlab berishni yo‘q qilib, barcha do-
menial yerlarni dehqonlarga foydalanish uchun tarqatib berishni 
yo‘lga qo‘yishdi. Mahsulot rentasi tez orada pul rentasi bilan al-
mashtirildi, chunki fransuz qishloqlariga shaharlarning ta’siri to-
bora kuchaya borardi. 
40


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
Bozorga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy ta’minotchi de-
hqon bo‘lib qoldi. Bu bir qator oqibatlarga olib keldi. 
Feodallar dehqonlar ustidan sud hukmronligini saqlab qol-
gan, ammo dehqonlar erkin odamlar, ya’ni villanlar sifatida qirol-
lik sudiga murojat qila olardilar. Bundan tashqari salb yurishlarda 
qatnashish, ham shaxsiy erkinlikka olib kelar edi. Dehqonlarning 
sinfiy kurashi, ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Dehqonlarning tabaqalanishi kuchaydi, Senzivani
1
garovga 
qo‘yish yoki sotish mumkinligi XIV-XV asrlarda o‘ta qashshoqlash-
gan dehqonlar qatlamining paydo bo‘lishiga olib keldi
2
. Qarzlarini 
to‘lashga qurbi yetmaganligi uchun ular sen’orlarga yoki o‘ziga 
to‘q qo‘shnilariga yollanib ishlashga majbur bo‘lardilar. Natijada 
yollanma dehqonlar qatlami paydo bo‘ldi. Shu davrning o‘zida de-
hqon mulkchiligining yangi ko‘rinishi yerni ijaraga olish, ko‘proq 
chorvadorlik ko‘rinishida, shakllandi. 
Hukmron sinfning ahvolida o‘zgarishlar ro‘y berdi - XIV asr-
dan boshlab sen’orlar va ularning vassallari orasidagi munosabat-
larning asosiy shakli shartli yer taqsimoti emas, balki rentali feod 
bo‘lib qoldi. Endi vassal o‘z xizmati uchun aniq yer hududining 
o‘rniga uning rentasinigina olar edi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling