Islom dinida tarbiya masalalari


Go'zal tarbiyadan yaxshi meros yo'q, tarbiya fanining o`rni


Download 70.22 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi70.22 Kb.
#1574583
1   2   3
Bog'liq
islom dinida tarbiya masalalari

Go'zal tarbiyadan yaxshi meros yo'q, tarbiya fanining o`rni

To'g'ri, har bir ota-ona farzandiga faqat yaxshilikni ilinadi. Farzandi uchun ortiqcha orzu-havas qiladi va ikkalasi birga ishlaydi. Ota-ona farzandini tarbiya qilish kerak bo'lgan paytda orzu-havas uchun tirikchilik qilishga majbur bo'ladi, bola tarbiya


oladigan yoshda toʻliq tarbiya ololmay qoladi. Ammo, afsuski, ertaga orzu-havaslar o'tmay qolishi bor. Aslida, orzu-havas chiroyli tarbiya bilan bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: <2020-yildan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quv dasturidan “Tarbiya” fanining o'rin olgani bejiz emas. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida tashkil etilgan mualliflar va ekspertlar guruhi ishtirokida yaratilayotgan yangi fan darsliklari o'quvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi nazarda tutilgan. “Tarbiya” fani dasturi milliy tarbiyamiz o'zagi va Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, YUsuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi ulug' mutafakkirlarimizning ma'naviy-ilmiy merosiga asoslangan. Ayni vaqtda xalqaro tajribalar asosida zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanilgani yangi fanning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qilmoqda.
Tan olib aytish joizki, yaqin-yaqingacha umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar tarbiyasiga ularning ta'limdan bo'sh vaqtida amalga oshiriladigan qo'shimcha yuklama – ikkinchi darajali ish, sifatida qarash tendensiyasi kuchayayotgandek edi. Buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayonga aylanib, ota-ona va o'qituvchi o'rtasida muallaq turib qoldi. Ming afsuski, ushbu jarayonning asorati bugun turli g'arazli kuchlar aldoviga uchib, noto'g'ri yo'l va g'oyalar ta'siriga tushib qolgan yoshlar taqdirida qora dog' qoldirmoqda.
Biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan, dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo'shgan, donishmand xalq farzandlarimiz. Buning asosi esa ilm-ma'rifat, bag'rikenglik va o'zlikni anglash ajdodlarimizning doimiy intilishi, maqsad-muddaosi bo'lganidadir. Zotan, IX–XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan Birinchi Sharq Uyg'onish davrida ham, butun ­dunyoda Temuriylar davri Renessansi deya e'tirof etilgan XIV–XVI asrlardagi Ikkinchi SHarq Uyg'onish davrida ham jamiyatda dinu diyonat mus­tahkam, insonlar dunyoqarashida ma'naviyat qadrli, davlatchilik tuzumida ilm-fan va ma'rifat ustuvor bo'lgan.
Bir so'z bilan aytganda, azal-azaldan xalqimizning ilmu fan, ijodu mehnatga rag'bati baland bo'lib, o'zining yuksak ma'naviyati, imon-e'tiqodi, milliy g'ururi hamda umuminsoniy qadriyatlarga yo'g'rilgan go'zal odob-axloqi bilan hamisha ibrat bo'lgan.
Xulosa

Referatimni quyidagi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning so'zlari bilan yakunlamoqchiman: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Ana shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar»>.




Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Yo’ldoshev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (Ma’ruzalar matni) T., 2000y.

  2. Xusanov S. Jumaniyozov X. Mirjavharova D. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. T.:-2005 y



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.tuit.uz

  3. www.Hozir.org

  4. www.arxiv.uz

Download 70.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling