Islom dinining markaziy osiyoga kirib kelishi. Payg‘ambar Muhammad s a. V
*Istehson (ar. yaxshi deb bilish) — islom huquqida ikki masaladan yengilroq tomonni tanlashga aytiladi. *
Download 13.65 Kb.
|
ISLOM DININING-WPS Office
*Istehson (ar. yaxshi deb bilish) — islom huquqida ikki masaladan yengilroq tomonni tanlashga aytiladi. *
AQIDAVIY TA'LIMOTLAR. Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va do‘zax, gunoh va savob kabi aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi fan «kalom ilmi» deb ataladi. Milodiy VIII-IX asrlarda musulmonlar orasida yunon falsafasidan ta'sirlangan, Qur'on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi. Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur'oni karim sha'niga noloyiq fikrlarni bildirar edilar. Mana shunday sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar berganlar. Natijada moturidiya va ash'ariya ta'limotlari yuzaga kelgan. Sunniylik doirasida mazkur ikki yo‘nalish ham to‘g‘ri hisoblanadi. Moturidiya ta'limotiga movarounnahrlik olim, buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870-944) asos solgan. Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta'kidlaydi. Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar ham berilgan. Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir. Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta'limotining Markaziy Osiyo xalqlari an'analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Eng e'tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta'limoti hozir ham oliy, o‘rta va diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi. *Kalom ilmining sultoniga nisbatan hurmat-ehtirom, ixlos ramzi sifatida O‘zbekistonda 2000-yili Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi, u kishi mangu orom topgan Chokardiza qabristonidagi maqbara qayta tiklandi.* Ash'ariya ta'limoti. Ushbu ta'limotga basralik Abul Hasan Ash'ariy (873-936) asos solgan. Imom Ash'ariy umrining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga bag‘ishlagan. Ash'ariy Muhammad ibn Jarir Tabariy, Ibrohim ibn Ahmad Marvaziy, Mahmud ibn Dovud Isbahoniy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Mansur Moturidiy kabi olimlar bilan bir davrda yashagan. Ash'ariya ta'limoti ham sunniylik aqidasiga muvofiq ta'limot hisoblanadi. Ushbu ta'limot ham, asosan, mo‘taziliya, qadariya, jabariya kabi adashgan guruhlarning aqidaviy g‘oyalariga qarshi turgan. Ash'ariya ta'limoti, asosan, Iroqda, so‘ngra saljuqiylar hukmronligi davrida Xurosonda rivojlangan. Download 13.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling