Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Download 219.41 Kb.
bet7/18
Sana21.01.2023
Hajmi219.41 Kb.
#1106616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
kurs ishi

Zamonaviy yondashuvlar. Boshqaruv uslubiga an’anaviy yondoshuvdan tashqari qator zamonaviy g‘oyalar ham kirib keldiki, ularni bilish rahbarlik uslubini yanada ixtiyoriy idora etish imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan situativ, ya’ni vaziyatga oid rahbarlik uslubi haqida ma’lumot berib o‘tishni lozim deb topildi. Bu g‘oya boshqaruv sohasidagi olimlar P. Xersi va K. Blanded tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, boshqaruvning u yoki bu uslubini qo‘llash xodimlar va jamoaning psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog‘liqdir. Mualliflarning fikricha, mutaxassisning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa rahbar uni shunchalik kamroq boshqarishi va hissiy jihatdan qo‘llab kuvvatlashi talab etiladi va aksincha. Xodim qanchalik yuqori malakaga va ruhiy yetuklikka erishgan bo‘lsa, rahbarning nazorati va aralashuviga shunchalik kamroq zarurat tug‘iladi. Bunday yondoshuv asosida to‘rt darajali boshqaruv vaziyatlari farqlanadi va bu vaziyatlarning har biriga o‘ziga xos rahbarlik uslubi talab etiladi.
Rahbar yoki lider nuqatyi nazaridan personalni boshqarishga keladigan bo‘lsak, avvalo rahbar va lider tushunchalariga ta’rif berib o‘tish lozim. Rahbar deganda xodim yoki tashkilotga mas’ul bo‘lgan shaxs tushuniladi. U ishchilar hisobot beradigan kishi, ya’ni ishchi kuchining bevosita rahbari. U xodimlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, buyruqlar beradi, ularga topshiriqlar va majburiyatlarni yuklaydi va ayrim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Tashkiliy tuzilmada “xo‘jayin” kabi rasmiy unvon yo‘q, ammo bu atama tashkilot, bo‘lim yoki bo‘linmaning egasi yoki rahbari etib tayinlangan shaxsni bildiradi.
Liderga keladigan bo‘lsak, rahbar atamasi maqsadlarga erishish yo‘lida boshqalarga ta’sir o‘tkazish va ilhomlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxs sifatida ta’riflanadi. U ustunroq mavqega ega bo‘lgan va boshqalarga o‘rnak ko‘rsatadigan kishi. U o‘z maqsadiga sodiq bo‘lib, unga erishish yo‘lida tinimsiz intiluvchan inson. U o‘rnak ko‘rsatadi, shunday qilib odamlar g‘ayratga ega bo‘lishadi va uning izidan yoki yo‘l-yo‘riqlariga ergashadilar.4
Yaxshi rahbarning fazilatlari quyidagilardan iborat5:
– Bashoratlilik;
– Ajoyib muloqot qobiliyatlari;
– Boshqalarga ta’sir qilish va rag‘batlantirish san’ati;
– Ishga rag‘batlantira olish;
– Aniq maqsadlar;
– Boshqalarni qadrlash;
– Namuna bo‘la olish;
– Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
Tashkilotni boshqarish to‘g‘risida so‘z ketar ekan, bevosita D.Qosimova ., G.Nazarova, N.Salixova, N.Ismailovalarning “Inson resurlarini boshqarish” nomli darsligidagi rahbar va personalning tasniflanishi jadvali bevosita yodga tushadi.(3-ilova)
Yuqoridagilarga ilova tarzida quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkinki, rahbar va lider o‘rtasidagi asosiy farqlar bularda ko‘zga tashlanadi:

Download 219.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling