Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"


IK-IA usuli bilan oltingugurtdan sulfat kislota olishning texnologik sxemasi


Download 1.13 Mb.
bet14/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1016673
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI

IK-IA usuli bilan oltingugurtdan sulfat kislota olishning texnologik sxemasi 5.24-rasmda keltirilgan. Haydagich 1 bilan uzatiladigan havo 92-94 % li H,SO4 yuviladigan Venturi quvuri 2 da changdan tozalanadi va 94% li H,SO4 yuviladigan quritish minorasi 3 ga yuboriladi. Soʻngra issiqlik almashtirgich 7 dan oʻtib, 120°C temperaturada suyuq oltingugurtning yonish pechi 4 ga kiradi.
H osil boʻlgan oltingugurt dioksid gazi 1000°C temperaturada qozon-utilizator 5 dan oʻtadi va kontakt apparatining birinchi bosqichining birinchi qatlamiga oʻtadi. Bu yerda gaz temperaturasi 440°C boʻlganda SO, ning SO, gacha oksidlanishi sodir bodadi, konvensiya darajasi 93,5% ni tashkil etadi. Kontakt massaning har bir qatlamidan soʻng gazni sovitish uchun issiqlik almashtirgich 7 tizimi xizmat qiladi. Bu tizim da gazlar qarama-qarshi oqimda harakat qiladi. Katalizatorning uchinchi qatlamidan chiqayotgan SO3 orqali absorber 8 da 99,9 % i yutiladi, absorbsion zonadan chiqayotgan gaz 0,8 hajm% SO2 va 0,3-0,5 hajm% H2SO4 tumani va tomchilariga ega. Gazni tomchi va tumandan tolali filtrlar 8 da tozalashdan soʻng kontaktlashtirishning ikkinchi bosqichi SO, 0,77-0,8 hajm % li konsentratsiyada va 405-410°C temperaturada kiradi; toʻrtinchi qatlamdan chiqishda gazning temperaturasi 415-425°C ni, beshinchi qatlamdan soʻng 420-430°C ni tashkil qiladi. Soʻngra gaz dastlab ekonomayzer 10 dan odib absorbsiyaning ikkinchi bosqichi 9 ga boradi. Aylanuvchi (sirkulyasiyalanadigan) kislotani sovitish uchun spiral sovitgich 11 lar ishlatiladi. Mahsuliy kislota quritish minorasidan soʻng beriladi. Quyida toza oltingugurtdan IQ-IA usuli bilan 1 t sulfat kislotasi ishlab chiqarish sarf koeffitsiyentlari keltirilgan:
Elementar oltingugurt, t 0,334
Elektr energiya, kV ■ soat 40
Texnologik suv, m3 0,36
Aylanadigan sovituvchi suv, m3 52
Kontakt massasi, kg 0,1


Sulfat kislota ishlab chiqarishda issiqlikdan foydalanish.
Madumki, sulfat kislota ishlab chiqarishda ajraladigan issiqlik umumiy miqdorining 52-65 % oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadi. Bu issiqlikdan foydalanish uchun qozon-utilizatorlari ishlatiladi. Sulfat kislota ishlab chiqarishda, asosan, majburiy suv aylantiruvchi suv quvurli qozonlar ishlatiladi. Shunday qilib QQ pechlarida yonish reaksiyasi issiqlikdan foydalanish hisobiga 1 tyongan FeS, dan 1,5 m gacha bug‘ olinadi. Kolchedanni kuydirishdan olinadigan SO, oksidlanishida ajraladigan issiqlik kontakt apparatining birinchi qatlamiga sovuq gazni isitish uchun ishlatiladi. Nasadkali minoralarda SO3 absorbsiyasi jarayonida katta miqdordagi ajraladigan issiqlik yuviladigan kislota bilan olib ketiladi, soʻngra u sovitgichlarda sovitiladi. SO3 absorbsiyasi jarayonining adiabatik xarakteri nasadkali minorada jarayon kechishida issiqlikni chetga olib ketishi mumkin emasligi tufayli oqib chiqayotgan oleum va kislota temperaturasini 60-70°C darajada ushlab turish uchun yuvishga berilayotgan kislota miqdorini oʻzgartirish bilan amalga oshirilib, issiqlik balansi bilan aniqlanadi. Barbotaj tipidagi absorberlarni ishlatish absorbsiya jarayoni issiqligini kislota qatlamida joylashgan sovitgichlarda ishlatish mumkin.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling