Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”
Download 67.75 Kb.
|
Izohli lug\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forfetirlash
- Xalqaro valyuta fondi (XVF)
Umumjahon banki — o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq beshta institutdan tarkib topgan ko‘p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir.
Umumiy bozor — ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko‘chib o‘tishini ta’minlanlovchi iqtisodiy integratsion ko‘rinish. UST — Umumjahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni institutsional va huquqiy asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot. Faktoring — bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha moliyaviy talabini, ya’ni qarzni keyinchalik xaridordan undirib olish yo‘li bilan to‘lash vositasidagi jami vositachilik operatsiyalar tushuniladi. FAO – BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945 yilning 16 oktabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin davlat a’zodir. Fiksing — bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish jarayonidir. Forvard — bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‘urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‘yicha olib borilgan banklararo valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi. Forfetirlash — bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga naqd to‘lov bilan ayirboshlashidir. Franchayzing — bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir. Fritred (erkin savdo) — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning eng kam darajada aralashuvi natijasida o‘z faoliyatini erkin ravishda tanlashini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir. Fyuchers — qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‘urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‘yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) — yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy tashkilot bo‘lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi. Download 67.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling