Izohli lug‘at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi”


Xalqaro tovar nomenklaturasi


Download 67.75 Kb.
bet15/17
Sana27.03.2023
Hajmi67.75 Kb.
#1299955
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Izohli lug\'at

Xalqaro tovar nomenklaturasi — mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan, tasniflangan tovar pozitsiyalari ro‘yxati bo‘lib, har bir tovar pozitsiyasi kodlashtirilgan raqamlarga ega bo‘ladi.
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) — eng rivojlangan industrial mamlakatlar birlashmasi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli davlatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari va majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni tashkil etish va tartibga solish jarayoni.
Xalqaro hisob-kitoblar banki – davlatlararo bank. Markaziy banklar bilan tijorat muomalasini olib boradi, xalqaro valyuta hamkorligini tashkil qilishda qatnashadi. 1930 yilgi Gaaga konferensiyasiga muvofiq Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya davlatlarining boshchiligida ta’sis qilingan. Hozirgi a’zolari: Yevropadagi 30 mamlakatning Markaziy banklari, shuningdek AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi hisoblanadi.
Xarid qobiliyati pariteti nazariyasi — valyuta kursi ikki mamlakat pul birliklarining nisbiy qiymati bilan aniqlanadi, u muomaladagi pul miqdoriga bog‘liq. Jumladan, Dj. M. Keynsa tamoyiliga ko‘ra, davlat tomonidan foiz stavkasini manipulyatsiya qilib, mamlakatga xorijdan investitsiya oqimlarini quyidagicha o‘zgartiradi: foiz stavkasi kamaytirilsa, tashqi qarzlar hajmi ortadi, foiz stavkasi oshirilsa, aksincha, kamayadi.
Xeksher-Olin-Samuelson tamoyili — mamlakatning eksportga ixtisoslashuvi milliy iqtisodiyotdagi ortiqcha ishlab chiqarish omillarining mavjudligiga asoslangan tamoyildir.
Chek — chek imzolaganning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga o‘tkazish haqida bankka bergan yozma farmoyishidir.
Sharqiy Afrika bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YeKEA) – tashkilotga Zambiya, Keniya, Mavritaniya, Molgash Respublikasi, Somali kabi davlatlar a’zo. 1966 yili BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri sifatida rasman tashkil topdi.

Download 67.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling