Tashqi qarzdorlik inqirozi — davlat tomonidan tashqi qarzlar va zayomlarni to‘lash grafigini buzilishi
Tashqi savdo siyosati — eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug‘rofiy yo‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan budjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
TIFni tartibga solishning tarifli usullari — soliq cheklashlari (bojxona yig‘imlari, bojlar, aksizlar va boshqalar) yordamida tashqi savdoga ta’sir o‘tkazish vositalari yig‘indisi.
TIFni tartibga solishning tarifsiz usullari — tashqi savdoga ta’sir o‘tkazishning bevosita, ma’muriy vositalari guruhi (kvotalash, litsenziyalash, texnik sandartlarni joriy qilish, sanitar me’yorlar va b.).
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) - chet el aktivlariga ega bo‘lgan yirik kompaniyani iqtisodiy tashkillashtirishning ko‘rinishi.
Trest – sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi eng yuqori shakli. Unda mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, korxonalarning moliyasi to‘la birlashtiriladi. Trest muayyan tarmoqda xukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkatchilik jamiyati bo‘lib, AQShda keng tarqalgan monopolistik birlashma, unga kiruvchilar o‘zlarining ishlab chiqarish. Tijorat va yuridik mustaqilligini yo‘qotadi. Bu esa, o‘z navbatida, kapitalni doiraviy oborotini tezlashtirish va foydani ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Trestlar 19-asrning 90-yillarida AQShda vujudga keldi.
To‘g‘ri investitsiyalar — foyda olish bilan birgalikda kapital qo‘yilayotgan ob’ektga o‘zidan nazoratni ta’minlash huquqini beruvchi kapital qo‘yilmalar tushuniladi.
To‘lov balansi — mamlakatning barcha rezidentlarining qolgan barcha mamlakatlar bilan ma’lum vaqt oralig‘idagi (odatda bir yil) iqtisodiy bitimlari natijalarini sistemalashtirilgan holda qayd etilishidir.
To‘lov balansining asosiy moddalari — tovar va xizmatlarda eksport-
import, xorijiy investistiya kapitali harakatini o‘z ichiga oladi.
To‘lov balansining balanslovchi moddalari — valyuta zaxiralarining harakati, qisqa muddatli aktivlar hajmining o‘zgarishi, davlat qarzlari va kreditlari, ikki tomonlama bitimlar hamda xalqaro tashkilotlar liniyasi bo‘yicha moliyaviy yordamlarni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |