J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Takrorlash uchun savollar


Download 1.93 Mb.
bet69/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Takrorlash uchun savollar:


  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga ta'rif bering. Uning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. lntegratsion birlashmalarning asosiy shakllari qaysilar?

  3. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy rivoj topgan iqtisodiy integra­ tsion hududlarni ayting.

  4. G'arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlarini izohlang.

  5. Yevropa Ittifoqi (Yl)ga a'zo mamlakatlarni ayting.

  6. MOH davlatlari integratsion taraqqiyotida qanday imkoni­ yatlar mavjud?

  7. Osiyo-Tinch okeani hududi integratsiya jarayonlarining o'ziga xos tomonlari nimalarda aks etadi?

  8. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish omillarini izohlang.

  9. Shimoliy Amerika mintaqasida qaysi iqtisodiy integratsion birlashmalar mavjud?

  10. Lotin Amerikasi mintaqasida qaysi integratsion birlash­ malar mavjud?



Mustaqil o'rganish uchun topshiriqlar
I. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga tegishli asosiy terminlardan
<> tuzing.

  1. Jahon iqtisodiyotidagi rivojlangan iqtisodiy integratsion hududlarga tegishli moliyaviy ko'rsatkichlarni o'rganing.

  2. Xalqaro integratsion hududlarning jahon iqtisodiyoti rivoji­ dagi o'rnini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni tahlil eting.

  3. Asosiy terminlar lug'atini tuzing.

Test savollari


I. Xalqaro iqtisodiy integratsiya - ...

  1. milliy xo'jaliklar o'rtasida o'zaro barqaror aloqalarning ri­ vojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mam­ lakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan bir­ lashuvi.

  2. mamlakatlar o'rtasidagi mahsulotlar, xizmatlar va kapital harakati bilan bog'liq munosabatlarga cheklovlar qo'yilishi jara­ yoni.

  3. milliy xo'jaliklarning o'zaro moliyaviy munosabatlarini tartibga soluvchi jarayon.

  4. milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalarning tashqi moliyaviy munosabatlarni ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.

  1. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy turlari ko'rsatilgan javobni aniqlang.

  1. erkin savdo hududi, yagona bojxona ittifoqi, umumiy bo­ zor, iqtisodiy ittifoqlar.

  2. imtiyozli savdo hududi, erkin savdo hududi, yagona boj­ xona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoqlar, to'liq iqtisodiy integratsiya.

  3. erkin savdo hududi, yagona bojxona ittifoqi, umumiy bo­ zor, xalqaro moliya tashkilotlari.

  4. MDH, yagona bojxona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoqlar.

  1. Erkin savdo hududi (ESH) - ...

  1. ikki va undan ortiq mamlakatlarning o'zaro kelishuviga asof a n, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o'zaro savdo qilish uchun tashkil etilgan hudud.

  2. ikki va undan ortiq mamlakatlarning o'zaro kelishuviga asosan ma'lum turdagi mahsulotlar bilan o'zaro savdo qilish maqsadida cheklovlarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhi­ dan iborat.

  3. ikki va undan ortiq mamlakatlarning o'zaro kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o'zaro savdo qilishda bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhidan iborat.

  4. mamlakatlarning o'zaro kelishuviga asosan ishlab chiqa­ rishni rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishga mo'ljallangan hudud.

  1. Bojxona ittifoqi - ...

  1. ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo'yicha o'zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj ta'rifi joriy etish yuzasi­ dan o'zaro kelishuvidir.

  2. ikki yoki bir qancha davlatlarning soliqlarni joriy etish yu­ zasidan o'zaro kelishuvidir.

  3. faqatgina ikki mamlakat o'rtasida savdo-sotiqni rivojlanti­ rishga oid kelishuvdir.

  4. mamlakatlarning o'zaro kelishuviga asosan ishlab chiqa­ rishni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etishni tartibga soluvchi ittifoq.

  1. Janubiy konus mamlakatlari umumiy bozori (MERKOSUR) qaysi mamlakatlarni birlashtirgan.

  1. Argentina, Braziliya, Venesuela (2005-yil iyuldan), Mek­ sika va Urugvay.

  2. Argentina, Braziliya, Venesuela (2006-yil iyuldan), Parag­ vay va Urugvay.

  3. Argentina, Braziliya, Kanada, Kuba, Paragvay va Urugvay.

  4. Argentina, Meksika (2006-yil iyuldan), Kanada, Paragvay va Urugvay.

  1. Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assosiatsiyasi (ASEAN)

qaysi mamlakatlar doirasida tashkil etilgan?

  1. Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 8 ta mam­ lakat (Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin).

  2. Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 9 ta mam­ lakat (Vetnam, lndoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myan­ ma, Singapur, Tailand, Filippi n).

  3. Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 10 ta mam­ lakat (Bruney, Vetnam, lndoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin).

  4. Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 11 ta mam­ lakat (Bruney, Vetnam, lndoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Hindiston, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin).

  1. Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi (NAFTA) qa­ chondan faoliyat yurita boshlagan va qaysi davlatlarni birlashtirgan?

  1. 1996-yil l-yanvardan, AQSH, Kanada va Meksika davlat­ larini o'z tarkibiga birlashtirgan.

  2. 1994-yil l-yanvardan, AQSH, Kanada va Meksika davlat­ larini o'z tarkibiga birlashtirgan.

  3. 1995-yil 11-yanvardan, AQSH, Kanada, Argentina va

Meksika davlatlarini o'z tarkibiga birlashtirgan.

  1. 1998-yil 1-yanvardan, AQSH, Kanada, Braziliya va Mek­

sika davlatlarini o'z tarkibiga birlashtirgan.

  1. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (APEC) qachon va qayerda tashkil etilgan?

  1. 1990-yil Filippinda.

  2. 1989-yil Kanberrada.

  3. 1989-yil Xitoyda.

  4. 1990-yil Malayziyada. ,

  1. lqtisodiy integratsiyaga ta'sir ko'rsatuvchi omillarga qaysilar kiradi?

  1. jahon xo'jaliklari tomonidan proteksionizm choralarining qo'llanilishi, iqtisodiy inqirozning chuqurlashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining sekinlashishi,\ milliy iqtisodiyotlar ochiqlik daraja­ sining ortib borishi kabilar kiradi.

  2. jahon xo'jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalmi­ nallashuv va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortib borishi kabilar kiradi.

  3. jahon xo'jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalmi­ nallashuv va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining sustlashishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodiyotlar tomonidan ichki bozorlarni himoyalash darajasi­ ning ortib borishi kabilar kiradi.

  4. globallashuv jarayonlari, moliyaviy inqirozlar, banklar kapitalining oshishi, xalqaro soliqqa tortish darajasining ortib borishi kabilar kiradi.

  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi - ..

  1. istiqbolda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omil­ larining erkin harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yara­ tish hisoblanadi.

  2. milliy iqtisodiyotlarni tashqi muhit omillari ta'siridan hi­ moyalash hisoblanadi.

  3. mamlakatlar to'lov balansi taqchilligini oldini olish va uni

bartaraf etish hisoblanadi.

  1. istiqbolda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omil­ larining erkin harakatlanishiga ta'sir etuvchi to'siqlar yaratish hi­ soblanadi.

  1. Download 1.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling