J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet93/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

13.1-rasm. Mamlakat moliya bozori konsepsiyasi va xalqaro kapital harakatining asosiy shakllari.
Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag'larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashti­ rishdir.
Jahon kapital eksportida xususiy kapital yetakchi bo'lib, o'z navbatida davlat kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi o'rinlarda turadi. Odatda davlat va xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko'rinishida hamda mod­ diy yordam ko'rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro kapitalning ikki xii: tadbirkorlik va ssuda kapitali shak­ lida namoyon bo'ladi.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo'yilgan mablag'lar hisoblanadi.
Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, to'lovlilik shartlari asosida, foiz ko'rinishida daromad olishni ta'minlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga chiqarilgan kapitalga ay­ tiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el valutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qo'yilmalar, shuningdek kredit va qarzlar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Statistikada ssuda kapitali ko'rinishidagi investitsiyalarni «boshqa investitsiyalar>> si­ fatida aks etadi.
Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi bo'yicha rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi o'n yillikda ular­ ning hajmi uch barobardan ko'proqqa oshgan. Bunday kapitalning ssuda qismi banklar orqali xalqaro harakatga keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro sindi­ katlashgan kreditlar hisoblanib, ularning rivojlanish tendensiyasi xalqaro kredit va depozitlar bilan bir xii bo'lmoqda va jami xalqaro ssuda kapitali harakatidagi ulushi atigi 2% ni tashkil etmoqda.
Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tash­ killashtirishning mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi foyda me'yori va qaytari­ Iishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifa­ tida qo'yishning afzalligi uni yuqori darajada foyda olishni ta'minlashida va foyda olish maqsadida tadbirkorlik kapitali mablag'lari elastikligi yuqoriligida namoyon bo'ladi. Tadbirkorlik kapitali investorga o'z mulkidan to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar va portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni ta'minlaydi. Tad­ birkorlik kapitali o'z navbatida to'rt xii: to'g'ridan to'g'ri inves­ titsiyalar, portfel investitsiyalar, o'rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo'yilmalar shaklida namoyon bo'ladi.
To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar - mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy foydani ko'zlab qo'yilgan kapital bo'lib, u inves­ torga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan nazorat olib borishni ta'minlaydi. Bu odatda korxonaning 10 foizdan kam bo'lmagan aksiyasi yoki ulushiga ega bo'lishni talab etadi.
Xalqaro portfel investitsiyalar - chet el qimmatli qog'ozlari (qarz majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar va boshqalar)ga qo'yilgan kapital bo'lib, u investorga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday investitsiyalar ak­ siya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalov­ chi qimmatli qog'ozlarning kichik paketi, shuningdek ba'zan portfel investitsiyalardan alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qog'ozlarning hosilalari ko'rinishida bo'lishi mumkin.
O'rta va uzoq muddatli xalqaro kapital qo'yilmalar - 1 yildan ko'p muddatga, qisqa muddatlilari esa I yilgacha bo'lgan kapital qo'yilmalarga aytiladi.
Xalqaro tadbirkorlik kapitalini mamlakatlar milliy iqtisodi­ yotiga to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar shaklida jalb etishning af­ zalligi katta. To'g'ridan to'g'ri investitsiyalar mamlakatda YaIMni yatatishda, aholi bandligini oshirishda, xorijiy mamlakatlardan yangi texnika-texnologiyani jalb etishda, import mahsulotlarini o'rnini bosadigan eksportbob mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshishida bevosita ishtirok etadi. To'g'ridan to'g'ri investitsiyalar­ dan o'rta va uzoq muddatli foydalanish yaxshi samara beradi.
Qisqa muddat ichida to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar iqtisodiy sa­ marasining kam bo'lishiga investitsion faoliyatni mamlakatdagi bozor muhitiga moslashish jarayonini, ishlab chiqarilgan mah­ sulotning bozordan o'rin olishi, sotilishi, ijtimoiy muhit, aholi daromadlari va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi.
Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli yuqori foyda olishni maqsad qiladi. Bunda investorning qimmatli qog'ozlar portfeli shakllantiriladi va investor uni boshqarish ya'ni port­ felning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu portfelning risk darajasini kamaytirish orqali o'ziga maksimal foydani ta'minlaydi.
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xii ko'rinishda: o'rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo'yilmalar shaklida namoyon bo'ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish af­ zal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o'zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o'zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib ko'rsatadi.
Oxirgi o'n yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy o'zgarish yuz berdi. To'g'ridan to'g'ri investitsiyalar miqdori o'sdi, undanda jadalroq sur'atda portfel investitsiyalar miqdori o'sdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 2004-yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008-yilda sodir bo'lgan inqirozning salbiy ta'siridan ko'proq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda to'g'ridan to'g'ri va portfel investitsiyalardan ko'ra, ssuda kapi­ tali miqdorining ko'payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bo­ zorda arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo'lishidir.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsim­ lalandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo'lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning
moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir.
Xalqaro moliya bozori xalqaro valuta, kredit (depozit), inves­ titsiya, qimmatli qog'ozlar, sug'urta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil topadi.
Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita (kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qog'ozlar) moliyalashtirilishi mumkin.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o'zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta'siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog'Jiq bo'lib, bu jarayon milliy fond bo­ zorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta'minlovchi vosita­ lar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog'Jik rivojlangan­ ligini o'zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta'minlovchi vositalar bu xalqaro qim­ matli qog'ozlar hisoblanadi.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling