Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
64
lan, huzur-halovat ko‘r, lekin isrof qilma, hadding-
dan oshma, degan.
– Bobojon, siz xudoning gapini eshitganmisiz?
– deb so‘radim shoshilib.
– Yo‘q, menga qalin kitoblardan o‘qib berish-
gan, Eshonbuva o‘qib bergan. Yur, endi qopqon-
ning unisiniyam qo‘yaylik.
– Baribir bo‘rsiqlarga achinib ketyapman,
– dedim yurgim kelmay, – hech bo‘lmasa mana
shu temir qoziqchani yulib tashlaylik.
– E, bolam-ey, qoziqcha bo‘lmasa, bo‘rsiq
qopqonni iniga sudrab ketadi-ku! Qani, yura qol,
– shunday deb Ahmadqul bobom xurjunni yana
yelkasiga oldi. Jar yoqalab endi kunchiqar
tomonga yura boshladik. Juda ko‘p yurdik. Men
oyog‘im sirg‘alib ikki marta yiqilib tushdim.
Axiyri yana bir joyda to‘xtab, qopqonchaning
unisiniyam, bunisiniyam qo‘yib, olov yoqqan
joyimizga kelgan edik, eshagim yechilib ketib,
o‘zim ketaversammi yo ketmasammi, deb bizga
qarab turgan ekan.
– Bobojon, – dedim o‘pkam to‘lib. – Yig‘lagim
kelyapti.
– Nega endi, azamat, ishimiz o‘ngidan kelyapti-
ku?!
– Bo‘lmasa, qopqonchalarni qaytarib olib
ketaylik, onasi ilinsa bolalari yig‘laydi-da. Menam
har kuni buvijonimni sog‘inib yig‘layman. Jon
bobojon, qopqonlarni olib keta qolaylik.
– Kuyinma, azamat, ehtimol urg‘ochisi emas,
erkagi ilinar.
– Erkagi ilinsa ham baribir so‘yamizmi?
– Ko‘ramiz-da, o‘g‘lim.


Jannati odamlar
65
– Yog‘idan jinday olib, keyin qo‘yib yuborsa
ham bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi, bobojon?
Haq gapni aytyapsan, î‘g‘lim.
– Shunday qilasiz-a?
– Shunday qilamiz.
– Aldasangiz, pichog‘ingizni olib berkitib
qo‘yaman, hecham topolmaysiz.
Keyin damini olib kuch to‘plab o‘lgan eshagimga
mindik-da, qishloqqa jo‘nab ketdik.
Uyga yetguncha, ey Xudo, bo‘rsiq iloyo ilin-
masin, iloyo ilinmasin, deya pichirlab keldim.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling