Xudoyberdi To‘xtaboyev
2
© X. To‘xtaboyev, 2017
© Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2017
ISBN 978-9943-05-908-5
UO‘Ê 821.512.133-31
ÊBÊ 84(5O‘)7
T 98
To‘xtaboyev, Xudoyberdi
Jannati odamlar: [matn]: roman/ X. To‘xtaboyev/
ikkinchi nashri. – Ò.: Cho‘lpon nomidagi NMIU,
2017. 272-b.
ISBN 978-9943-05-908-5
Ushbu roman voqealari Sizni goh yig‘latadi, goh
kuldiradi. Qishloq odamlarining soddaligi
labingizga tabassum
yugurtsa, sho‘ro davrida ularning boshiga tushgan musibat-
lar yuragingizga qayg‘u-alam yukini ortadi. Haqiqiy jannati
odamlar bilan hamsuhbat bo‘lmoqchimisiz? Marhamat.
UO‘Ê 821.512.133-31
ÊBÊ 84(5O‘)7
T 98
Jannati odamlar
3
ADIB HAQIDA SO‘Z
O‘zing yaqindan bilgan yozuvchi do‘sting haqida
yozish
ham oson, ham qiyin bo‘larkan. Har gal
Xudoyberdi to‘g‘risida yozishga chog‘langanimda
shunday holga tushaman. Bu gal do‘stim sakson
besh yoshni qoralab turgan pallada – bosib o‘tilgan
yo‘lni bir sarhisob qilib olish payti kelganida ham
shunday tuyg‘u ko‘ngildan kechdi.
Yaqindan bilgan
do‘sting haqida yozishning osonligi
shundaki, uning
hayoti, ijodi miridan-sirigacha senga ayon, qiyin-
ligi shundaki, do‘sting haqida yozish o‘zing
to‘g‘ringda yozishday gap: fazilatlarini aytsang,
o‘zingni maqtaganday, kamchiliklarini tanqid
qilsang,
sirini ochsang, o‘zingni fosh etganday
bo‘lasan... Nachora, senga kim bo‘lishidan qat'iy
nazar, talant – xalq mulki, binobarin,
u haqida
bor gapni dangal aytaverish kerak. Shunga ko‘ra
men har qanday o‘y-andishani yig‘ishtirib qo‘yib,
bu o‘ziga xos noyob iste'dod sohibi, adib haqida
bilganlarimdan ba'zilarini siz aziz kitobxonlarga
so‘zlab berishga jazm etdim.
Xudoyberdi ikkimiz deyarli tengdoshmiz, ham-
qishloqmiz, bir-birini Katta Farg‘ona
kanali ikkiga
ajratib turadigan qo‘shni qishloqlarda tug‘ilib katta
bo‘lganmiz, ikkalamiz ham bir vaqtda qishloqdan
chiqib, garchi ikki shaharda bo‘lsa-da, bir tur bilim
yurtida o‘qidik, universitetda ham bir fakultetda